Arazingiz ochilmaydi nechun, erkam?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Sevib qoldim

Sevib qoldingizmi? Go’zallingizning nozu-karashmalaridan mast bo’lib muhabbat osmonida uchib yuribsiz-a? Ehtiyot bo’ling, yaxshi yigit, osmoningizdan yiqilib tushmang tag’in! Bugungi beozor nozu-karashmalarlar ertaga dahshatli arazga aylanishidan xabaringiz yo’qmi deyman?! Eh, afsus, meni ham o’z vaqtida ogohlantirishganida edi… Maxbubangizni hozir sinovdan o’tkazmasangiz, keyin kech bo’lishini unutmang. Bilmay, mening xotinim kabi “arazchi xonim”ga uylanib qolsangiz bormi, holingizga maymunlar yig’lashi turgan gap. Arazchilik nimadan boshlanadi?

  • Onangiz uni qilgan noto’g’ri ishi uchun “tuzlasa”-yu, siz yonini olmasangiz;
  • Sizni otalik sharafiga muyassar qilganida, tug’ruqxonaga oxirgi rusumdagi mashina olib bormasangiz;
  • Kechalari yig’layotgan bolaga galma-galdan qaramasangiz;
  • Ulfatlar bilan qolib ketib, “xotin aka”ngizga qo’ng’iroq qilib qo’yishni unutsangiz;
  • Telefoningizning quvvati bexos tugab qolsa-yu, kechasi bilan quvvatga qo’ygich (zaryadnik) qidirib, ertalab uyga kelsangiz;
  • Yoqangizdan qizil rangli tamg’a topilsa;
  • Uyga bo’m-bo’sh cho’ntak bilan qaytishni odat qila boshlasangiz;
  • Urfga kirgan har qanday yangi kiyimni olishi uchun pul qistirib turilmasa (kiyimi ko’pligidan shkafning beli bukchayib qolganiga qaramay) va hokazo.

Shu tariqa butun umr arazchi xotiningiz dastidan sho’ringizga sho’rva to’kilib yuradi. Hozirdan buning oldini oling. Keyin qayta tarbiyalash qiyin bo’ladi. Yoringiz erkalanib ketmasligi uchun uchrashuvga chiqqanda eng muhim qoidalarga amal qiling:

  • Qiz boladan kechroq kelish kerak;
  • Mashinaning eshigini ochib berish, kursini surib qo’yish haqida umuman gap bo’lishi mumkin emas;
  • Guldasta faqat birinchi uchrashgandagina beriladi. Rozilik oldingizmi, tamom. Yaxshi narsaga o’rganish oson ekanligi hammaga ma’lum. Ortiqcha xushomadni unuting;
  • To’ydan avval shartlaringizni aytib oling. So’nggi pushaymon o’zingga dushman;
  • Ko’p arazlashning salbiy oqibatlari (ajin, sochga oq tushishi, ishtaha ochilib semirishga olib kelishi) haqida gapirib o’ting;
  • Eng yomon ko’rgan qo’shig’ingiz Sardor Raximxonning “Arazingiz ochilmaydi”si ekanligini qistirib qo’ying;

Yig'loqi xotin

Yuqoridagi sinovlarga dosh bermagan oyimqizchalar darhol lab burish cho’chchaytirish va ko’z yoshi to’kishga tushishadi. Ko’ngli bo’shroq kuyov bolalar, bu kabi hiylalarga uchmang! Qiz bolaning ko’z yoshi bamisoli yoz yomg’iriday gap. Bu yoqdan sel bo’lib keladi-yu, u yoqdan qurib qoladi. Ashaddiy jang, to’ydan keyin boshlanadi. Oldingizda iymanibgina yig’lamoqdan beri bo’lib turgan bu nozik xilqat, yillar o’tib hiylagar ayolga aylanadi. Uning qilgan arazi esa kunlab, xaftalab va ba’zan oylab gaplashmaslik darajasiga yetishi mumkin. To’g’ri, gohida bunday sukunat biz erkaklarga orom bag’ishlaydi. Ammo masalaning ikkinchi tarafini ham o’ylab ko’ring. Axir ayol kishi arazlasa:

  • Uyiga ketib qoladi, oqibatda siz issiq ovqat va toza kiyimsiz qolasiz;
  • Jahl ustida ko’p pul ishlatib qo’yadi. Ehtiyot bo’ling, xonu-moningizga o’t tushmasin tag’in?!
  • 80% ayollar alamini ovqatdan oladi. Buning oqibatida sizdan arazlagan bir oylik davr ichida tanimas darajada o’zgarib, semirib ketishi mumkin. Kamida yangi garderob uchun zarur xarajatlar sizning cho’ntagingizdan qilinishini unutmang!
  • Ayollik yumushlaridan bosh tortadi. Na oshxona va na yotoqda halovatingiz bo’lmaydi.
  • Ayolingiz ginachi bo’lsa, arazning sababini uzoq vaqt betga solib turishi tayin.

Mening maslahatlarimga quloq tutsangiz kam bo’lmaysiz. Qiz arazladimi? Tamom, boshqasini qidiravering. “Bunday talablarga ko’nadigan qiz topilguncha, bir umr bo’ydoq qolaman-ku”, deysizmi? Eh, soddagina do’stim!, Arazchi bo’yningizga soladigan sirtmog’ida menga o’xshab bir umr qiynalgandan, bo’ydoq yurgan yaxshi emasmi? Uff, gap bilan ovora bo’lib xotin “aka”mizga qo’ng’iroq qilishni unutibmiz-ku! Kechqurun ishdan qaytganimizda araz kuyini chalib bermasinlar tag’in…

Ulug’bek, Buxoro shahri.

Загрузка...

Читайте также

Homilador ayol foto

Homiladorlik davrida buyrak kasalliklari – og’rig’i, tosh tushganda, shamollashi.

Homiladorlikdagi buyrak xurujlari. Birinchi farzandimga homiladorlik vaqtim ma’yus yurganimni ko’rgan shifokorning dakki bergani hech yodimdan ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>