Avstraliyalik ayol 115 kg vazn tashladi.

Ozish uchun

Avstraliyalik ayol 115 kg ozib triatlon bilan shug’ullanishni boshladi.

2 – yil avval Elena Gudell vaznini o’lchash uchun sanoatda qo’llaniladigan tarozilardan foydalanar edi.

29 yoshli Elena haqiqiy fastfud jinnisiga aylangan edi, u o’zini nazorat qila olmasdan, ko’p miqdorda fastfud mahsulotlarini tanovvul qilar edi. 2015-yil uning vazni 184 kg bo’ldi, boz ustiga diabet va apnoe kasaliga chalindi.

Elena: “Doktor qabuliga borganimda u mendan og’irligimni so’radi men esa unga vaznimni tasavvur ham qilaolmasligimni aytdim. O’shanda men og’irligimni bilish uchun oddiy taroziga chiqganimda u xatolikni ko’rsatardi chunku men juda ham og’ir edim. Keyinchalik men sanoatda qo’llaniladigan tarozilardan foydalanishga majbur bo’ldim – o’shanda 184 kilo edim” deydi Elena Daily Mail Australiaga bergan intervyusida.

“O’shanda men hattoki oyoq-kiyimimni ipinaham bog’lay ololmasdim, xattoki yerga o’tirolmasdim, chunki o’tirsam qayta turolmasdim” deydi Elena o’sha damlarni eslab. Vrachlar unga zudlik bilan bariatrik operatsiya qilish kerakligini va hayot tarzini butunlay o’zgartira olmasa xatto 35 yoshga yetish dargumon ekanligini aytdi.

Apnoe kasalligi sababli xaydovchilik guvohnomasini olib qo’ymoqchi bo’lgandan keyingina u operatsiyaga rozilik bergan ekan. Chunki “qonda kislorod miqdori keskin kamaygani sababli rulda uxlab qolish hech gap emasdi” – deydi Elena.

2015-yil noyabr oyida Elenaga og’irligini kamaytirish bo’yicha operatsiya qilishdi. Bugungi kungacha Elana 115 kilogramm vazn yo’qotdi, xozirda u 69 kilogramm. U hayot tarzini butunlay o’zgartirib triatlon bilan jiddiy shug’ullanib keladi. Xozirda fastfudni yaqiniga ham yo’lamayman deydi Elana. Triatlon sport turidaham ko’pgina yutuqlarga erishdi.

Aziz yurtdoshlar Elenaga havas qilsa arziydi, sizchi, ozish uchun nimalar qildingiz?

Читайте также

Parhez usuli

Larisa Dolinadan parhez usuli.

Larisa Dolina parhezi: «Men 7 kun davomida, har 2 soatda, bir kunda 6 martadan taom ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>