Ayol jinsiy a’zosi plastikasi haqida.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (2 kishi baholadi, o'rtacha: 2.50 (5 dan))
Загрузка...

Jinsiy plastika foto

Agar bachadonning pastga tushishi oqibatida qin ham kengayib, devorlari pastga tushib qolgan bo’lsa, bachadonni ko’tarmay, qinning bir qismini shunchaki olib tashlash vaqtincha foyda beradi. Vaqt o’tishi bilan «to’g’rilanmagan» bachadon yana qinni bosib, avvalgi holatiga qaytadi.

Ayol jinsiy a’zosi plastikasi yani intim plastika jarrohligi agar faqat jinsiy lablarni normallashtirish bilan bog’liq bo’lsa, 15-20 daqiqa davom etadi. Va bunday bemorlarga statsionardan 3-kun uyga ketishiga ruxsat beriladi. Agar qin plastikasi belgilangan bo’lsa, operatsiya bemor xohishiga ko’ra, mahalliy yoki umumiy narkoz ostida 30 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Ular 5 kundan so’ng uyiga ketishi mumkin. Intim plastikasi qilinganda, jinsiy a’zolar terisi ostidan kosmetik so’rilib ketuvchi choklar tikilgani uchun ham bunday nozik joydan ip oldirish azobi ham xavf solmaydi.

Operatsiyadan so’ng qanday terapiya buyuriladi?

Operatsiya muvaffaqiyatli o’tkazilganidan so’ng ayol antibakterial, yallig’lanishga qarshi, so’riluvchi dori-darmonlar bilan davolanadi. Choklar bitganidan so’ng bemorga har xil mashqlar, fitnes mashg’ulotlari, massaj buyurilishi mumkin. Nimalar mumkin emas? Jarrohlik aralashuvidan so’ng ayolga 20-25 kun davomida o’tirish, 30-35 kun davomida jinsiy yaqinlikka yo’l qo’yish mumkin emas. Yo’qsa qinning tikilgan joydan «so’tilishi» kuzatilishi mumkin.

Intim plastikasi aralashuvidan so’ng ayolning tug’ish qobiliyati cheklanadimi?

Yo’q. Ayollar intim plastikasidan so’ng ham farzandli bo’lishi mumkin. Ammo u farzandini o’zi dunyoga keltirishi bir qator asoratlar bilan kechadi. Avvalo agar u tug’ishni niyat qilsa, o’zi tug’ib, so’ng qayta intim plastikasi qildirishiga yoki kesarcha kesish yo’li bilan qin butunligi va hajmini saqlab qolishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham bu jarrohlik aralashuvini boshqa farzandli bo’lishni istamaydigan ayollarga tavsiya qilamiz.

Maslahatlashgan holda ularda birato’la ixtiyoriy jarrohlik sterilizatsiyasi (bachadon naychalarining yopilishi) ham amalga oshirilishi mumkin.

Читайте также

boshqorongulik85252

Toksikozmi yoki boshqorong’ulik?

Boshqorong’ilik bilan toksikoz bir-biridan butunlay farq qiladi. Homiladorlik boshlanishi bilan ko’pchilik ayollarda ko’ngil aynishi, qayt ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>