Ayol qalbini zabt etish uchun

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 2.00 (5 dan))
Загрузка...

Ayolni rom etish

Mutafakkir Blonskaya, “Ayol hech bir aqlsiz erkakni aqlli qila olmaydi, ammo eng aqlli erkakning aqlu hushini olib qo’yishga qodir”, degan edi. Bugun 30 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklardan bittadan vakil “Qizlar Uz” mushtariylariga davr falsafasini berishga harakat qiladilar. Bu munis ayollarimiz bayramlarida ajoyib tuhfa o’rniga ham o’tar…

Oila boshlig’i bo’lishning “haqiqatlari” (30 yosh)

Farruxbek Olim (telejurnalist) o’zi nechi yosh????:

Ba’zilar sevgi-muhabbatning umri oila qurgandan keyin yoki biroz yosh o’tganidan so’ng tugaydi deb hisoblaydi. Bu fikrga qo’shilmayman. To’g’ri, inson hayotining turli davrlarida munosabatlar, tuyg’ular shaklu shamoyili o’zgaradi. Ammo sof hislar suvratini o’zgartirsa ham, siyratini, mohiyatini yo’qotmaydi. Kuzatsangiz, 50-60 yil birga yashab qo’ygan chol-kampirlar bir-birlariga shunchalik suyanib qolishadiki, bu mustahkam daraxtlarning biri qulasa, ikkinchisi ham ag’anashi aniq bo’lib qoladi. Shunday ekan, chinakam mehr-muhabbatning yosh o’tishi bilan yo’qolib ketishiga ishonolmaysiz. Boz ustiga, ikki yoshning mehr-muhabbati, hurmat-e’tibori, avvalo, tug’ilgan farzandlar, keyinchalik, nabiralar mehri bilan buzilmas, mustahkam bir qo’rg’onga aylanadi.

Hozir o’g’lim bir yoshga to’lay deb qoldi. Ba’zida barcha bolalar kabi kechasi yaxshi uxlamaydi. Onasining bedor tunlari, beshik tebratishlarini ko’rib o’zimning onamni o’ylab qolaman. Hammamiz ham onalarimizning tengsizligi, muqaddasligini ongli ravishda bilamiz, bu haqda balandparvoz gapirib charchamaymiz. Ammo o’zim ota bo’lganimdan keyingina onamning bedor tunlari, azob-uqubatlarini chinakamiga his qila boshladim. Shuning uchun keyingi paytlarda ota-onamning mendan kutganlarini bajara olyapmanmikin, deb o’ylab qolaman.

Xotinning 30 da o’tin, erkakning 40 da qirchillamaligi bekor gap (40yosh)

Botir Chinibekov, bosh hisobchi:

Birinchi navbatda ayol qalbi hayotdagi har bir narsani yaxshilikka yo’yadigan, hammaga ezgulik sog’inadigan bo’lishi kerak. Erkak kishi 40 yoshdan keyin ruhiy qo’zg’alish davrini boshidan kechiradi. Shuning uchun bu davrda ayol erkakka qancha yaxshi gapirsa, hurmatini joyiga qo’ysa, u shu davrdan osonroq o’tadi. Ayol turmushdagi xafagarchiliklar, tushunmovchiliklarni bir yig’lab o’tkazib yuboradi. Erning qalbi esa shunchalik nozik bo’ladiki, sinsa, uning tiklanishi qiyin. Lekin ayol har qancha yaxshi munosabatda bo’lmasin, erkak qo’pol, dag’al muomala qilaversa, ayolda qalbi ham pora-pora bo’lishi mumkin. Shuning uchun turmushda qars ikki qo’ldan chiqadi degan naql doim o’rinli.

Ba’zan ma’lum sabablarga ko’ra turmushda pul yetishmovchiligi sezilsa, uning og’irligi erkak gardaniga tushadi. Shunaqa vaziyatlarda ayol agar uni pul topmaysan deb niqtayveradigan bo’lsa, erkakda chuqur depressiya holati boshlanadi. U xatto o’g’irlik qilishdek yomon o’ylarga borishi mumkin.

Nima eksang, shuni o’rasan! (50 yosh)

Baxtiyor Rahimov, muhandis:

O’zim tarixga ko’p qiziqqanim uchun, buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnaynning bir gapini o’qiganim esimga tushib qoldi. Kim o’z baxtidan me’yorida va odob bilan foydalansa, unga hasad ta’sir qilmaydi.

Oilamni tebrataman deb, uzoqlardan qurilish materiallarini olib kelardim. Ularni uzoq vaqt yolg’iz tashlab ketishga majbur bo’lardim. Kenja o’g’lim tug’ilganida ham ayolimning yonida bo’la olmaganman. Qizim ham qattiq kasal bo’lib qolganida buni eshitganmanu, yetib kelishga ilojim bo’lmagan. Aytmoqchimanki, ana shunday paytlarda onasi bolalarimizni parvarish qilib, oq yuvib, oq tarab, kelishimni kutib o’tirardi. Hozirda uning ba’zi o’zboshimcha ishlariga koyigadek bo’lamanu, lekin hayot, turmush uni shunday tarbiyalab qo’yganini ham inkor eta olmayman.

Qo’sha qarishning hikmatlari (60 yosh)

Nurilla Eshonqulov, nafaqaxo’r:

Ikki yoshning to’yi bo’layotganda, keksalar oq fotihaga qo’l ochib, “qo’sha qarisin” deyishadi. Men shu yoshga kirib, bu jumlaning ma’nosiga endi yetayotgandekman. Hamma ham birga yashab, non-tuz topib, farzand katta qiladi. Lekin o’zining ertasi, kelajagi bo’lgan farzandlari orqasidan yaxshi so’z eshitmasa, ularni men qo’sha qarigan, piru badavlat kishilar deb hisoblamayman. Qo’sha qarigan odamlar deganda farzandlarini halol yo’l bilan o’qitib, el koriga yaraydigan qilib, risoladagidek tarbiyalab, hayotdagi to’siqlarni yengib o’tib, qarilik gashtini surayotgan kishilarni tushunaman.

Hozir shu ayolim bilan sirdosh, o’rtoqdek bo’lib qolganmiz. Atrofdagi voqea-hodisalarni bir piyola choy ustida maslahatlashib, gaplashib o’tiramiz. 8 nafar nabiramiz bor, ularning sho’x-shodon yurishi hayotimning mazmuniga aylanib qolgan.

8 mart arafasida mening hayotimga mazmun baxsh etgan ayolimga sihat-salomatlik, men bilan uzoq umr yashab, shu nabiralarni to’ylarida ham “qo’sha qarisin” deb duo berishini tilayman.

Dilnoza Umarova.

Загрузка...

Читайте также

hindliboslari0234024014

Moda olamida go’zal hind liboslari va uzun ko’ylaklar.

Hindiston go’zal va sirli mamlakatdir! Hind filmlari esa yoshu-qarini qalbini rom etib ulgurgan. Barchamiz o’sha ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>