Ayollar uchun 12 ta ramazon nasihatlari

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Ro'zador qizlar

Muslima opa-singillar!

Bu ulug’ oyda vaqtlaringizni Qiyomat kuni sizga yutuq va baxt keltiradigan ishlarga sarflang. Jannatga yaqinlashtiradigan va jahannamdan uzoqlashtiradigan ishlarda Ramazon kecha va kunduzlarini g’animat biling. Albatta, bu Allohga itoat qilib, ma’siyatlardan uzoqlashish bilan bo’ladi. Ramazonni xayrli o’tkazish uchun quyidagilarga rioya qiling:

  1. Uydan faqat zarurat yoki ibodat uchun chiqing.
  2. Bozorlarda aylanib yurmang. Xususan, Ramazonning oxirgi o’n kunligida o’zingizni ushlang. Hayit uchun kiyim-kechaklarni oxirgi o’n kunlikkacha yoki Ramazongacha xarid qilish ham mumkin.
  3. Behuda mehmondorchiliklarni yig’ishtiring. Agar kasalni ko’rish kabi sababli ziyorat bo’lsa, uzoq o’tirib qolmang.
  4. Yomon davralardan chetlaning. U yerlar g’iybat, chaqimchilik, yolg’on, boshqalarning ustidan kulib, ta’na yetkazish majlislaridir.
  5. Musobaqalarga, (topishmoq) boshqotirma yechishga, kino va seriallar ko’rishga vaqtingizni ketkazmang. Aks holda siz Ramazondan foydalana olmaysiz.
  6. Bomdodgacha bedor bo’lishdan chetlaning. Chunki bu namozlarni zoye qilishga va kun bo’yi uxlashga olib boradi.
  7. Yomonlar suhbatidan qoching.
  8. Kunni uxlab o’tkazmang. Ba’zilar bomdoddan keyin uyquga ketib, peshindan
    keyin uyg’onadilar. Bu qanaqa ro’za bo’ldi?
  9. Butun vaqtingiz turli yeguliklar tayyorlash bilan o’tmasin.
  10. Vaqtni yasan-tusan qilib, bo’yanib- taranib oyna oldida o’tkazmang.
  11. Vaqtni telefon (hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar)da gaplashishga sarflamang. Bu iymoni zaiflarning ochlik va chanqoqni yengish uchun tutgan yo’llaridir. Kitobni tilovat qilib, o’zingiz uchun foydali mashg’ulotlar bilan foydalaning.
  12. Talashib-tortishishdan yiroq bo’ling. Chunki bu faqat vaqtni zoye ketkazish va harom ishlarni qilishga olib boradi. Agar siz bilan kimdir tortishmoqchi bo’lsa, «Men ro’zadorman», deb ayting.!!!
Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>