Ayollar uchun imidjni kashf qilish qoidalari.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (2 kishi baholadi, o'rtacha: 3.00 (5 dan))
Загрузка...

Aqlli qizlar foto

Qizlar va ayollar uchun haqiqiy imidj yani qiyofani kashf qilish qoidalari.

  • Birinchi qoida – o’z auditoriyangizni aniqlang. Siz kim bilan muloqotga kirishasiz, kimlarga ta’sir etasiz? Bu ta’assurotingiz natijasida qanaqa natija olmoqchisiz?
  • Ikkinchi qoida – qanday fikr qoldirishni istasangiz, shu asnoda kiyining. Masalan, uchrashuvga chiqayotgan qizning klassik ofis kiyimining kiygani uning o’y-fikrida ish borligidan dalolat beradi. Bu esa qizning bo’ysunmasligi, o’z moddiy mavqeini himoya qilish istagi borligidan dalolat beradi.
  • Uchinchi qoida – siz paydo qilgan qiyofa ichingizdagi o’zligingizga mos kelishi lozim. Buning uchun siz o’zingizga to’g’ri baho berishingiz kerak. Onore de Balzak: “Hasis boy bo’lish va isrofgar kambag’al bo’lish bir-biriga o’xshash” deydi. Psixologlarning tahliliga ko’ra, moda o’zgarishlariga taqlid qiladigan insonlar, hayotda o’z o’rnini topish istagidagi shaxslardir. Ular hali o’z qiyofasiga ega bo’lmaganliklari sababli, hayotdagi o’rnini qidirish yo’lida ishonchsizlik his qiladilar. Bu ishonchsizlikni qimmatbaho kiyimlar, modadagi o’zgarishlarga rioya qilish bilan niqoblashga harakat qilishadi.
  • To’rtinchi qoida – imidjning vazifasi sizni bir to’da insonlarning ichida alohidaligingizni kashf qilib berishdir.
  • Beshinchi qoida – siz tanlagan qiyofa zamonga moslasha olishi lozim.
    Kiyim sizga mos kelishi, yurganingizda, o’tirganingizda bemalollik kayfiyatini his qila olishingiz kerak. Intim (uyatli, avratli) tana qismlari ochiq bo’lmasligi kerak. Faqatgina to’y, marosimlar uchun kiyiladigan uzun-maksi ko’ylaklar, erkaklarning smokinglari, kuyov choponlari sizga o’ziga xos noqulaylik tug’dirishi mumkin. Bu noqulaylik shu darajada bo’lishi kerakki, yurganingizda yiqilib tushish imkoniyatidan himoyalangan bo’lishingiz kerak.

Kiyinishingiz, tashqi ko’rinishingiz va libolaringiz orqali o’zingizni va ichki o’zligingizni qanchalik ko’rsata olganingiz sizning yutug’ingizdir. Kiyimingizga qarab baho berishar ekan, aqlingizni ishlatib kiyinganingizni namoyon etgan bo’lasiz. Sizning kiyinishingiz avvalo eringizning obro’si, oilangiz sha’ni uchun ekanini unutmang.

Zebiniso Ahmedovaning “Aqlli ayol bo’lish qoidalari” kitobidan lavha.

Читайте также

Ayolni rom etish

Ayol qalbini zabt etish uchun

Mutafakkir Blonskaya, “Ayol hech bir aqlsiz erkakni aqlli qila olmaydi, ammo eng aqlli erkakning aqlu ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>