Ayshvariya Rayning go’zallik sirlari

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (3 kishi baholadi, o'rtacha: 4.67 (5 dan))
Загрузка...

Eng go'zal ayol foto

Ayshvariya Ray dunyoning eng go’zal ayollaridan biri hisoblandi. Uning ko’zlarida, sochlarida, yuzida asl hindcha maftunkorlikni ko’rish mumkin. Xo’sh, butun dunyoni o’ziga maftun etgan bu ayolning siri nimada ekan-a?

  • Men har tongda och qoringa, iliq suvga limon sharbati va asaldan solib ichaman. Bu sharbat organizmdan hamma zaharlarni haydab, teri ko’rinishini yaxshilaydi. Shuningdek, kun davomida 8 stakan suv ichishni kanda qilmayman.
  • Men ovqatlanish ratsionimda meva, sabzavot va sutli mahsulotlarga alohida etibor beraman. Fast-fudlarni umuman yemayman. Doim o’z vaqtida issiq ovqat tanovul qilaman.
  • Sochlarimni bo’yamaganman va kuydirmaganman ham.
  • Kunimni jismoniy mashqlar bilan boshlayman. So’ng uni raqs bilan davom ettiraman.
  • Men pardoz qilayotganda ko’zlarimga ko’proq etibor qarataman. Hech qachon pardozni tozalamasdan uxlamayman, har kuni yuzimni namlantiruvchi niqoblar qilaman. Har 7-10 kunda skrab yoki pilingdan foydalanaman.
  • Ajinlar uyquga to’ymaslik oqibatida yuzaga keladi. Shuning uchun men har kuni 8 soatdan kam uxlamayman.
  • Men bahor va yoz oylarida ko’chaga yuzimga, qo’llarimga, bo’ynimga quyoshdan saqlovchi krem surtmasdan chiqmayman. Tabiiyki oqartiruvchi kremlardan foydalanishga ehtiyojim ham yo’q.
  • Stomatolog huzuriga kamdan-kam boraman, chunki har kuni bir dona olma yeyishni odat qilganman. Olma tishdagi qahva va choydan qolgan dog’larni tish cho’tkasidan kam tozalamaydi.
  • Uxlashdan avval yoki sochlarimni yuvishdan oldin, albatta, soch ildizlariga kokos moyidan surtib uqalayman. Sochlarimga sun’iy bo’yoqlar tekkizmaganman, ularni kashtan rangli xina bilan bo’yab turaman xolos.

Читайте также

Qizlar uchun yuz parvarishi

Yoshartiruvchi niqob

1. Yuzni yoshartiruvchi niqob. – Onam menga bir niqobni tayyorlash yo’lini o’rgatdi. Nomi ham bor: ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>