Bangladeshlik foxisha qizlar ayanchli taqdiri.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (3 kishi baholadi, o'rtacha: 4.00 (5 dan))
Загрузка...

Foxisha qizlar foto.

Sandra Xoyn – germaniyalik mustaqil jurnalist. U ko’p marotaba inson huquqlarini himoya qilish jamiyatlari, turli xil hayriya jamiyatlari bilan ish yuritgan. 2016- yili esa LensCulturePortrait Awards premiyasida “O’zgalarning istaklari” fotoloyihasi bilan finalga chiqqan.
Bangladesh – musulmon davlati bo’lsada, u yerda foxishalik qonuniylashtirilgan. “Kandapara” foxishaxonasi Tangayl shaharida joylashgan bo’lib, u yer Bangladeshda ayollar savdosi bo’yicha eng qadimgi va yirik joydir. “Kandapara” 200yillik tarixga ega. 2014-yili u yerni buzib tashlashgan edi, ammo biroz vaqtdan so’ng, mahalliy nodavlat tijorat korxonalari mablag’i evaziga tiklandi.

Foxisha qizlar rasmi.

Achchiq haqiqat…

Eng qizig’i shundaki, bu yerning tiklanishiga erkaklar emas, foxisha ayollarning o’zi da’vogar bo’ldilar. Sababi esa, bu foxishaxonaning ko’p foxisha ayollari shu yerning o’zida tug’ilib o’sgan. Bundan tashqari, mahalliy aholi fikricha, foxishalik bu kasb va boshqa xizmat ko’rsatish sohasidagi kasblardan farq qilmaydi. Foxishaxonaning tiklanishiga 2014-yil xatto yurist ayollar uyushmasi ham chiqishdi. Aynan ular yuqori sudga binoni buzish va ayollarni ko’chaga haydash qonuniy emasligini isbotlab berdilar.

Bangladeshlik foxisha qizlarFoxshalikni kasb qilgan qizlar

Hozirgi kunda foxishaxona hududi atrofi 2metrlik devor bilan o’ralgan. Bu devor ortida faqat foxishaxona emas, balki turli xil oziq ovqat do’konlari ham ishlaydi. Bu hududda o’zining qonunlari belgilangan. Foxishaxona ichida foxishalarning huquqlari deyarli yo’q. Ammo tashqaridagi ozod ayolnikidan ancha ko’p. Eng og’ir davr – bu foxishaxonaga endi kelgan davrdir. Odatda yangi qizlar 14yoshdan katta bo’lmagan bo’ladi va ularni “kabal” deb chaqirishadi. Foxishaxonaga ularni yoki odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxslar sotadi, yoki ularning o’zi o’z hoxishlari bilan oilalarining nochorligidan keladilar.

Foxishalik taqdirmi

“Kabal qizlar” butunlay haq huquqsiz, va o’zlarining “honim” lariga bo’ysunadilar. Ular qarzni uzish uchun tekinga 5yil ishlashga majbur. Bu vaqt o’tganda esa, ular to’lovlardan qutuladi va hohlasalar foxishaxonani tark etadilar. Ammo kamdan kam ayollar ketadi. Sababi jamiyat bunday hayot yo’lidan qaytganlarni xush ko’rib kutib olmaydi. Ko’plab ayollar “Kandapara”da ishlab, uydagidan ko’ra ancha ko’proq erkinlik va haq huquq olishganini ta’kidlaydi. Bu er zug’mi va kambag’allikdan qochsa bo’ladigan yagona joydir. Qonunan foxishalik bilan faqat 18ga to’lgan qizlar shug’ullana oladi.

Achchiq haqiqat: foxisha qizlar

Ammo bu qoidaga hech kim rioya qilmaydi.
Kadjolning aytishicha, u 17yosh, lekin aniq yoshini aniq bilmaydi ham. U 9yil turmushda yashagan, so’ng o’zining holasi uni foxishaxonaga sotib yuborgan. Yarim yil oldin u o’g’il ko’rdi, ishga esa 2hafta o’tiboq qaytdi.
Ularning mijozlari – militsiya hodimlari va siyosatchilar, fermerlar va oddiy ishchilar, ba’zida xatto o’smir yigitlar. Hamma ham faqat jinsiy aloqa uchun kelmaydi. Ba’zilarga odamiylik mehri, muhabbati va shunchaki ayollik e’tibori yetishmaydi. Ba’zi mijozlar bu ayollar bilan faqat choy yoki o’tkirroq narsa ichib, suhbat qurish uchun keladi.

Foxisha qizlar azobi

Priya 19 yoshda. Bu suratda mijoz uning yuzidan o’pmoqchi. U bu foxishaxonada 17 yoshidan beri ishlaydi.
Asma esa 14 yosh, u “Kandapara”ning o’zida tug’ilgan. Mijozlar bilan jinsiy aloqaga bu yil kirishdi, ammo yoshligidan mehmonlar uchun raqs ijro etib berar edi.

Foxishalik azobi

Bu ayolning ota onasi hali go’dak paytida vafot etishgan. Juda yosh turmushga chiqqan va eri hotin geroin giyohvand vositasini qabul qilishni boshlaganlar. Uning aytishicha, qamoq hayotidagi eng yaxshi maskan bo’lgan, axir qamoqda uni dopposlashmagan. Qamoqdan chiqqanidan so’ng esa, sherigi uni “Kandapara”ga olib borgan.
15 yoshli Paki. Bu yerda u 14 yoshidan yashaydi. 12-yoshida uni turmushga berib yubirishgan va ko’p o’tmay, erining zug’mlaridan qochib ketgan. Ko’chada esa bir kishi uni topib olib, shu foxishaxonaga sotib yuborgan.

Foxishalik taqdirimi bu?

Foxisha qilzar ham inson

Bu suratdagi egizaklar endi 5kunlik bo’ldi va ularning hozircha ismlari yo’q. Ularning onasi 20 yashar Jinik – “Kandapara” foxishalaridan biri.

Megla 23 yosh, suratda u mijoz bilan. 12yoshidan u tikuv fabrikasida ishlagan. Aynan o’sha yerda u yuqori maoshli ish taklif qilgan va keyinchalik uni foxishaxonaga sotib yuborgan kishini uchratgan.

Foxisha qizlar ko'z yoshi

Dipa 26 yosh. Bu suratda u yig’layapti, sababi u hozirda homiladorlikning birinchi trimestrida. Bolaning otasi – uning mijozlaridan biri.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, naqadar ayanchli taqdirlar borligini ko’ra bila turib, hozirgi yashab turgan sharoitimiz, taqdirimizdan nolish to’g’rimikin, aziz muhlislar?! Bu hikoyalardan o’zingizga kerakli xulosa chiqazib olasiz degan umidda sizga ilindik!!!

Aliyeva Mohira tayyorladi.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>