Baxtli insonlar

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 5.00 (5 dan))
Загрузка...

Baxt rasm

Oddiylik bu nima? Oddiylik bu samimiylik! Samimiylik chi? Bu o’zingni boringday ko’rsatish va bundan uyalmaslik! Uyalish? Nima uchun? Chunki ko’zimiz ko’nikgan narsalar, vaqti kelib siz uchun shu qadar oddiy tus oladi-ki, uni birovga ko’rsatishdan negadir uyalishni boshlaysiz, va samimiyligingizni ham, oddiyligingizni ham yo’qota boshlaysiz, chunki oddiy bo’lishni istamay qolasiz.Aslida go’zallik bu instagrammdagi samolet va yaxtalar ichida o’tirib suratga tushish emas, restoranlar va ko’zni quvnatadigan ovqatlar rasmi ham emas… go’zal hayot- bu siz uchun oddiydek bo’lib qolgan hayotingiz… ko’zingiz ko’nikgan dasturxon, ta’mi har kuni bir xil bo’lgan non, o’sha o’sha issiq choy, bir xil tong va bir xil oqshom… lekin kim uchundir aynan sizning hayotingiz armon, kimdir uchun shinam uyda choy ichish, yana boshqaga non mazasi… Siz uchun oddiy va bir xildek ko’ringan hayot- birovning orzusi.

Instagramdagi ko’rkam suratlarga havas qilib, oddiylikdan, samimiyligingizdan voz kechmang, sizda bori, o’sha surat mualliflarida yo’q, ishoning! Chunki siz samimiysiz, ularga esa bu armon.

Aslida baxtli insonlar ham o’shalar – uzoq qishloqda yashaydigan, har tong sigirini sog’ib issiq sut ichadigan, tandirda non yopadigan, tovuqlarini dalaga haydab, tomorqasiga qarashga vaqt topadiganlar. Ular maqtanishni bilishmaydi, buni istashmaydi ham, garchi boshqalarga qaraganda havasli yashashsa-da.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>