Chiroyli qizlar uchun oftobda toblanish haqida muhim ma’lumot.

Qizlar uchun maslaxat

Dunyoning ko’pgina o’lkalarida oftobda badanni qoraytirish oxirgi paytlarda urfga aylanib qoldi. Uni go’zallik vositasi deb bilish, ayniqsa, qizlar orasida ko’z-ko’z qilishgacha borar darajada keng tarqalganligi kishini albatta, ajablantiradi.

Oftob nurlari eng ko’p iyul-avgust oylarida terimizni kuydiradi va qisqa muddat ichida qizartirib tomirlarning kengayishiga yo’l ochadi. Bu nurlar tarkibidagi ultrabinafsha nur ta’sirida ba’zi hujayralar melanin moddasi ishlab chiqarib, terini qoraytiradi.

Odatda 2 soatdan 7 soatgacha davom etuvchi “oftob dushi”dan keyin oftob urishi sodir bo’lishi mumkin. Yarim soatdan ko’p quyosh nurida qolish ham kuyish hamda terida suv to’planishiga olib kelishi kuzatiladi. Muddat uzaygan sari jiddiy ma’noda teri kuyishi sodir bo’laveradi. Natijada terida qurib-so’lish holatlari yuzaga keladi.

Oftob nurlarining salbiy ta’sirlaridan yana biri, tomirlarni kengaytirishi va oyoqlarda varikoz, yuzda esa ingichka tomirlarning yorilishidan kelib chiquvchi qizil dog’lar paydo bo’lishiga sabab bo’lishidir. Bunday kasalligi bor odamlar qat’iyan oftobda qolib ketmasliklari kerak.

Qizlar esda tuting:

Quyosh nurlarining keyinchalik keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan asoratlardan birinchisi terining barvaqt qarishidir. Chunki bu nurlar teridagi to’qimalarni bo’shashtiradi va u tezda qurishib-burisha boshlaydi. Oftobda ko’p qorayish og’ir oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Ayniqsa, aholisining ko’pchiligi oqtanli bo’lgan mamlakatlarda qorayish oqibatida teri saratoni kasaliga uchraganlar soni ko’pchilikni tashkil etadi.

AQShda har yili quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siridan yarim million odam teri saratoni kasaliga uchrab, buning ortidan minglab insonlar hayotdan ko’z yummoqda.

Chiroyli qizlar rasmi

[ad1]Bundan tashqari, bir yil qoraygandan keyin yana eski holatiga qaytganlar uchun ham xavf kamayib qolmayapti. Zero teridagi hujayralar yutilgan quyosh energiyalari mikdorini “xotira”lariga qayd etib bormokdalar. Shuning uchun ham yillar mobaynida terida to’plangan quyosh nurining salbiy ta’sirlari hujayralarning asl xususiyatlarini yo’qolishiga olib kelmokda. Natijada har mavsumda quyosh kuchli isitadigan o’lkalarda teri saratoni kasalligining ortishi kuzatiladi.

Bolalar va yoshlar uchun quyoshda qorayish yanada xavfliroq. Bolalik va yoshlik chog’ida ko’p quyoshda qoraygan odamlarda yoshlari o’tgandan keyin teri saratoni kasaliga uchrash ehtimoli shu nisbatda ortadi. Ayniqsa, “qorayish – sog’lik alomati” deb biluvchilar, bolalik chog’idayoq keyingi yillarda teri saratoni bo’lishiga kifoya qiladigan miqdorda quyoshning salbiy ta’sirini olishga ulgurgan bo’ladilar. Yoz mavsumi tugashi bilan tana rangi ochilishiga qaramay, ultrabinafsha nurlari ta’siri yo’qolib ketmaydi.

Bundan tashqari qiziq tomoni shundaki: quyoshda qorayish asoratlarining oxirgi paytlarda keskin ortishi, kelajak davr uchun jiddiy xatardan ogohlantiruvchi ishoratdir. Terining yanada tez qarishi, hujayralarining anormal (noodatiy) ko’payib-bo’linib, saratonga olib keladigan darajada haddan ziyod quyoshda qorayishi haqida Payg’ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ummatlarini 14 asr avval ushbu muborak so’zlari bilan ogohlantirgan edilar:

Qizlar: “Oftobda o’tirmang. Oftobda o’tirish kishi tanasini buzib, quritadi. Ya’ni namligini tortib oladi. Terisini buzadi. Terisi qurib, kiyimi ham eskiradi. U inson badanidagi yashiringan kasalliklarni yuzaga chiqaradi”.

Читайте также

maftunkor8463965

Maftunkor bo’lishni istaysizmi? Yulduzlar tajribasini o’rganing

Mashhur san’atkorlarning suratiga qarab, yuzi, bo’yni-yu badanining silliqligi, sog’lom qiyofasiga havasimiz keladi. ASTOR (Astor), Avon ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>