Deyl Karnegi baxtli turmushning 7 qoidasini o’rtoqlashadi.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Baxt qoidasi.

Baxtli bo’lishning 7 qoidasi.

Birinchi qoida: Rashk evaziga umr yo’ldoshingizga behuda ozor bermang!

Napoleon Bonapartning jiyani, Frantsuz imperatori Napoleon III dunyodagi eng go’zal ayol – Tebsk grafining qizi Mariya Yevgeniya Ignasiya de Montixoni sevib qoladi va unga uylanadi. Ko’p o’tmasdan Yevgeniya rashk o’tida, shubhalar azobida qiynalar va bir qadam ham erining yonidan jilmasdi. Eri davlat ishlari bilan band paytlarida ham xonasiga bostirib kirar, muhim uchrashuvlar va suhbatlarini barbod qilardi. “Boshqa ayol bilan yurib ketadi” degan xayolga borib, erini bir nafas ham holi qo’ymasdi. Ish shunga borib etdiki, Napoleon kechalari o’zining sodiq do’sti bilan birgalikda devordagi yashirin bir eshikdan yuziga shlyapasini bostirib kiygan holda ko’chaga chiqib keta boshladi. U haqiqatan ham o’zini kutayotgan bir go’zal ayol yoniga, yoki bo’lmasa, shunchaki, tungi ko’chaning sof havosidan to’yib nafas olish uchun chiqib ketardi.

Shayton o’ylab topgan eng o’tkir og’ulardan biri bu – rashkdir. U qora ilonning zahridek hamisha o’ldiradi.

Qizlar baxti.

Ikkinchi qoida: Seving va ra’yiga qarang!

“Hayotimda ko’p xatolarga yo’l qo’yarman, lekin aslo sevib uylanmayman!” degan ekan Dizraeli. U o’ttiz besh yoshida ellik yashar, sochiga oq oralagan, boy-badavlat bir beva xotinga dil izhor qildi. Uning sevmasligini ayol ham bilardi. Boyliklariga ega bo’lish uchungina uylanayotganini ham bilardi. Shuning uchun ham ayol uning fe’l-atvorini o’rganish maqsadida “Bir yil kutib turasiz!” deb shart qo’ydi va bu muddat tugagach, unga erga tegdi. Dizraelining nikohi dunyoda eng to’g’ri va omadli nikohlardan biri bo’lib chiqdi. Qanchalar kaltabin va vaysaqi bo’lmasin, Dizraeli uni odamlar yonida hech qachon tanqid qilgan emas. Biron marta ham xotinini ayblamagan, bordiyu kimdir tanqid qilmoqchi bo’lsa, darrov yonini olgan.

O’z navbatida Meri Enn ham Dizraeli hayotida eng aziz odami ekanligini hech kimdan yashirmagan. Bu qanday natija berdi? Meri Enn do’stlariga doimo: “Uning mehribonligi tufayli mening umrim tuganmas baxtga aylandi” der edi. Meri Enn farishta emasdi, albatta. Ammo Dizraelining uni erkin qo’yish kerakligiga aqli yetardi.

Qizlar baxti rasmi.

Uchinchi qoida: Befoyda tanqid qilmang.

Uilyam va Ketrin Gladstonlar ellik to’qqiz yil birgalikda mehr muhabbat va sadoqat bilan yashadilar. “Juldurvoqi erkak, chapani xotin, Shodlik va qayg’uda doim birgamiz” deya qo’shiq aytib, rafiqasining qo’lini mahkam qisganicha valsga tushayotgan Angliyaning mashhur Bosh vaziri Gladstonni tasavvur qilishni juda yoqtiraman. Jamoat ishlaridagi yovuz raqib Gladston o’z oila a’zolarini hech qachon tanqid qilmagan. U ertalab nonushta qilgani chiqqanida oilaning boshqa a’zolari hali uxlab yotishgan bo’lsalar, o’z noroziligini bildirishning juda muloyim yo’lini topardi. Baland ovozda yolg’izlik haqidagi qo’shiqni kuylay boshlar, bu bilan Angliyadagi eng band odamlardan biri ayni paytda yolg’iz nonushta qilayotganini bildirib qo’yardi. Ammo oilada hech kimni tanqid qilmasdi.

Baxtsiz nikohlar sabablarini o’rganish masalasi bo’yicha amerikalik mashhur mutaxassis Doroti Diksning ta’kidlashicha, baxtsiz nikohlar barcha nikohlarning ellik foizdan ko’prog’ini tashkil qilarkan. Va ajralishga olib keladigan bosh sabablardan biri jonga tegadigan befoyda tanqid ekan.

Baxt sirlari foto.

To’rtinchi qoida: Hurmat – baxt kaliti.

Qaysidir gazetadan bir rivoyatni qirqib olib qo’yibman. Uning mazmuni tubandagicha: kechqurun ishdan charchab kelgan dehqonlar oldiga oshpaz ayol ovqat o’rniga bir bog’ pichan qo’yib ketadi. Dehqonlar hayratlanib: “Jinni bo’lganmi bu ayol?” deyishibdi. Shunda haligi ayol: “E’tibor bermassizlar, deb o’ylabman. Axir yigirma yildan beri sizlarga ovqat pishirib beraman, ammo shu paytgacha birontangiz pichan emas, ovqat eyayotganingizni bir so’z bilan bildirib qo’ymadingiz-ku!” degan ekan. Oliy tabaqaga mansub fransuz bolalariga bir kechada bir necha marotaba ayollarning chiroyli ko’ylagi yoki shlyapasini maqtashni o’rgatishadi. Ellik million fransuzlar bu masalada aslo yanglishmaydilar! Demak, oilaviy turmushingizni baxtli qilay desangiz, eng muhim hisoblangan to’rtinchi qoidaga amal qiling: Bir-biringizga samimiy minnatdorchiligingizni bildirib turing!

Beshinchi qoida: E’tibor – ayollar uchun eng ahamiyatli narsa.

Gul sovg’a qilish uchun xotiningiz kasalxonaga tushishini yoki tug’ilgan kuni kelishini kutish shartmi? Ertagayoq kechqurun unga bir necha atirgul olib borsangiz bo’lmasmikan? Yo sinab ko’rasizmi? Bo’lmasa, xuddi shunday qiling! Nima bo’lishini o’shanda ko’rasiz! – Ayollar, odatda, tug’ilgan kun, nikoh kechasi kabi sanalarga juda e’tibor beradilarki, bu biz uchun doimo sir bo’lib qoladi. O’rtahol odam bir umr yashab, ko’p sanalarni bilmay o’tishi mumkin. Ammo, xotinining tug’ilgan kuni, to’yi bo’lgan kunni unutmaslik kerak! – Qirq ming oilaviy janjallarni ko’rib chiqib, ikki ming er-xotinni yarashtirgan chikagolik sudya Jozef Sabbat fikricha, “ko’pgina janjallar mayda-chuyda narsalardan kelib chiqadi. Aytaylik, ertalab er ishga ketayotganida unga xotinining xayrlashayotib qo’l siltab qo’yishi ham ko’pgina janjallarning oldini oladi.” –

Oltinchi qoida: Muloyim muomala “Xushmuomalalik, -deydi Henri Kleyn Rizner, -qalbning shunday fazilatiki, bunda siniq eshikka emas, uning ichkarisidagi gulga nazar solinadi.”

– Yosh kelinlar o’z kuyovlari bilan ham boshqa begona odamlardek muloyim munosabatda bo’lganlarida edi! Hech qanday janjalga o’rin qolmasdi! Qo’pollik – muhabbatni eb tugatadi.

– Nega erlari muloyim muomala qilmay, qattiqqo’llik va qo’pollik qilishlarining sababini ayollar hech tushunolmaydilar.

– “Bulturgi ko’ylagingda sen juda dilbar ko’rinasan” degan bir og’iz gap bilan xotini o’sha ko’ylagini eng so’nggi modada tikilgan yangi ko’ylakka ham almashmasligini har bir erkak biladi. Har bir er biladiki, ko’zlaridan bir o’pish bilan xotinni ancha vaqtgacha ko’zlarini yopib, ko’rshapalakdek qilib qo’yish yoki lablaridan bo’sa olish bilan uni xuddi baliqdek lol qilib qo’yish mumkin.

Baxtli oila.

Yettinchi qoida: Jinsiy munosabat.

Los Anjelosdagi Oilaviy munosabatlar instituti rahbari sifatida Pol Popenou minglab er-xotinlarning turmushini o’rganib chiqdi. U oilaviy turmush sohasidagi yetuk mutaxassislardan biridir. Pol Popenouning fikricha, ajralishlarning sababi asosan to’rtta bo’larkan. Bular tubandagi tartibda:

  1. Jinsiy kelishmovchilik.
  2. Bo’sh vaqtni qanday o’tkazish borasidagi kelishmovchilik.
  3. Moddiy qiyinchilik.
  4. Ruhiy, jismoniy va hissiy buzilishlar.

E’tibor bering, jinsiy munosabat birinchi o’rinda turibdi, moddiy qiyinchilik esa, hayron qolgudek, uchinchi o’rinda.

-Umumiy gigiena byurosining bosh kotibi doktor Ketrin Biment Devis bir vaqtlar turmush qurgan minglab ayollar bilan intim masalalar xususida ochiqchasiga suhbatlashgan. Natija juda hayratlanarli bo’lib, o’rtahol amerikaliklar jinsiy munosabatdan qoniqmasliklarini ko’rsatgan. O’sha minglab ayollardan olingan javoblarni chuqur o’rganib chiqib, doktor Devis xulosa qiladiki, AQShda ajralishlarning bosh sabablaridan biri er-xotinlarning jismonan nomutanosibligidir.

-Xo’sh, hammasi ko’ngldagidek bo’lishi uchun nima qilmoq kerak? “Eng yaxshi yo’li, -deydi doktor Batterfild, – bu to’g’rida jiddiy yozilgan yaxshi kitoblarni topib o’qishdir.”

Zamonamiz qizlari uchun, turmush qurishda shoshilmaslikni va adashmasdan turmush o’rtoq tanlashini tilab qolamiz. Qizlar uchun barcha qiziqarli ma’lumotlar faqat bizda QizlarUz.Com saytida.

Загрузка...

Читайте также

Homilador ayol foto

Homiladorlik davrida buyrak kasalliklari – og’rig’i, tosh tushganda, shamollashi.

Homiladorlikdagi buyrak xurujlari. Birinchi farzandimga homiladorlik vaqtim ma’yus yurganimni ko’rgan shifokorning dakki bergani hech yodimdan ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>