Dilga yaqin so’zlar sehri.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 2.00 (5 dan))
Загрузка...

Dil ozori

Dillarga ozor yetkazib qo’ymang!

  • Yetimdan “ota-onang qanday vafot etganlar?” deb so’ramang.
  • Farzandidan judo bo’lgan ota-onalardan “farzandingiz qanday vafot etgan?” deb so’ramang.
  • Ishsiz odamdan “siz nima uchun ishlamaysiz?” deb odamlar orasida so’ramang.
  • Faqirga “sizga qancha pul kerak?”, deb so’ramasdan ko’nglingizdan chiqarib beravering. Chunki faqirda ham o’ziga yarasha g’ururi bor. Bir kun kelib ko’z-ko’zga qayta tushishi mumkunligini ham unutmaylik.
  • Turmushga chiqmagan qizdan “yoshingiz nechada yoki sovchilar kelayaptimi?” deb aslo so’ramang.
  • Farzandi yo’q ayolga “farzandingiz yo’qmidi?” deb ayta ko’rmang.
  • Biron bir kishini yuzida chandiq yoki bitgan yaraning izini ko’rib qolsangiz buning sababini so’ramang. Chunki yuz insonning nozik yerlardan biri hisoblanib, u har qancha yashirishga urinmasin buning ilojisi yo’qdir.
  • Mehmondan nima tanavvul etishini yoki ichishini so’ramang. Chunki so’rab uning bu istagidan mahrum etib qo’yishingiz ehtimoli bor.  Shuning uchun, so’ramasdan mehmoningizga boringizni taqdim etavering.
  • Kimlarnidir kulgusi va rohatini deb do’stingizni mazah qilish hayolingizga ham kelmasin. Chunki bu do’stingizga juda ham og’ir botadi.

Har doyim o’zingizni shu insonlar qatoriga qo’yib, ularning hissiyoti bilan yashashga urinib ko’ring va dilga yaqin so’zlardan gapiring!

Senga ozor beradigan narsadan chetda bo’l. O’zing uchun shunday solih do’st tanlaginki, bunday do’st kamdan-kam uchraydigan bo’lsin. Ishingni Allohdan qo’rqadiganlar bilan maslahat qil!

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu.

Загрузка...

Читайте также

hindliboslari0234024014

Moda olamida go’zal hind liboslari va uzun ko’ylaklar.

Hindiston go’zal va sirli mamlakatdir! Hind filmlari esa yoshu-qarini qalbini rom etib ulgurgan. Barchamiz o’sha ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>