Dilni poralovchi o’q

dilniporalovchi89525

Bir kuni maktabda birga o‘qigan dugonamni uchratib qoldim. U bilan sog‘inch bilan salomlashdik. Yo‘l-yo‘lakay maktab davrimizni eslashdik. Baxtimizga yo‘limiz ham bir chiqib qoldi. Biz “Damas” avtouloviga chiqdik. Shirin damlarni yodga olib, maroqli suhbat qurib ketarkanmiz, ushbu uchrashuvdan behad mamnun edik. Ammo bir yo‘lovchi ayol goh menga, goh dugonamga nigoh tashlab, xo‘rsinib qo‘yar edi. Bu hol bizga erish tuyuldi.

Dugonam ayolga qarab: – Ha, opajon, nega bizga tikilyapsiz? Aybimiz bo‘lsa, yuzimizga ayting, – dedi.

Men “bas qil” deganday o‘rtog‘imni turtib qo‘ydim. Dugonamning achchiqlanganidan ayol o‘zini biroz noqulay sezdi shekilli, mobil telefonini qo‘liga olib, nimanidir yoza boshladi. Biz suhbatimizni davom ettirdik.

Bir payt nafis qo‘l yelkamga ohista tegdi. Yonimga o‘girildim. O‘sha ayol qo‘l telefonini menga uzatdi. Xayron bo‘lib telefonni qo‘limga olib, dugonam ikkalamiz yozuvlarga ko‘z yugurtirdik. Yozuvlarni o‘qigach, qo‘llarim titrab, telefonni qanday qilib egasiga qaytarib berganimni ham bilmay qoldim. Ayol haydovchiga imlab, mashinadan tushib qoldi. Dugonamga qarasam, u ham ovozi titraganicha “U ayol…” deya ortiqcha gapirolmadi.

Ha, ayol soqov ekan. Alloh bu bandasiga til-zabon bermabdi. Biz-chi, shu tilimiz bilan o‘ylamay-netmay uning yarimtagina nozik ko‘nglini achchiq so‘z deb atalmish o‘q bilan poralabmiz. U ayol menga yozib ko‘rsatgan telefonida quyidagi so‘zlar bitilgan edi. “Alloh sizlarga juda chiroyli zabon beribdi. Oh tortishimga sabab xuddi shunday zabonning menda yo‘qligi. Ushbu ovozlarni eshitganimga ham shukr. Ammo sizlarni maqtash o‘rniga biroz ranjitib qo‘yganimdan, kechirim so‘rolmaganimdan afsusdaman”.

Biz dugonam bilan to manzilimizga yetgunimizcha bir-birimizga “miq” eta olmadik.

Читайте также

Sevgi foto.

Sevgi bu jannat

Kambag’al bir kishi bo’lgan ekan. Bir kuni uning uzunsoch xotini tarog’i sinib qolganidan nolib, eridan ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>