DORINI QANDAY QABUL QILISH KERAK?

Dori ichish.

Ko’pchiligimiz qaysi dorini qanday va qachon ichish to’g’risida o’ylab ham o’tirmaymiz, sal og’rib qolsak bo’ldi, darhol tabletka olamiz-da, choy yoki suv bilan laqqa yutamiz-qo’­yamiz. Aslida uning ham qonun-qoidasi bor, shunga amal qilsakkina dorining ta’sir kuchi yuqori darajada bo’ladi.

  • - Xullas, iste’molni as­pirindan boshlaymiz. U oshqozon shilliq pardasiga noxush ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun uni har doim ovqatdan so’ng ichish kerak.
  • - Bir stakan barjomi yoki bosh­qa biror-bir mineral suv etazol, norsulfazol, sulgin, sulfademitoksin singari dorilarni qabul qilishda sizga asqotadi.
  • - Antibiotiklarni ovqatlanishdan yarim soat oldin faqat suv bilan ichish lozim.
  • - Ovqat hazm bo’lishiga yordam beruvchi festal, mezim-forte va boshqa fermentli vositalarni ovqat payti qabul qilish eng maqbul usul hisoblanadi.
  • - Olimlar olib borgan tad­qiqotlar natijasi shuni ko’rsatdiki, kontra­sep­tivlarni tarkibida kofein bo’lgan oziq-ovqatlar bilan aralashtirib ichmaslik kerak ekan. Chunki kontratseptivlar organizmda kofeinning parchalanishini se­kin­lashtirib, inson faoliyatida sustkashlik va uyqusizlikni keltirib chi­qa­radi.
  • - Issiq kunlarda, aniqrog’i, quyosh nurida dori-darmon qabul qilish eh­ti­yot­korlikni talab etadi. Ayrim dorilar organizmning quyosh nuriga sezgirligini oshirib, teri pigmentatsiyasini o’zgartirib yuboradi. Shuning uchun iloji boricha quyosh issig’ida antibiotiklar, asabni tinchlantiruvchi va gormonal dori-darmonlarni, analgetik va antiseptik (yaraning gazak olishidan saqlovchi kimyoviy vositalar) preparatlarni qabul qilishdan tiyilib turish lozim. Agar dori-darmonga ehtiyoj sezilsa, uni soya-salqinda ichish kerak.
  • - Dori-darmon qabul qi­layotgan payt­da hech qachon spirtli ichimlik ichmang. Agar insulin, asabni tinchlantiruvchi yoki qon bosimini me’yorga soluvchi dori-darmonlardan so’ng spirtli ichimlik ichib yuborsangiz, sizni kuchli uyqu bosadi. Spirtli ichimliklarni antibiotiklar qabul qilayotgan payt ichish esa ko’ngil aynishi va hattoki, boshga qon quyilishidek ko’ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Alkogolli ichimliklar, ayniqsa, qandli diabet bilan og’­riyotgan bemorlar uchun o’ta xavf­lidir, u qondagi qand moddasini avval ko’tarib, so’ng umuman tushirib yuboradi.

Dorini belgilangan vaqtda qabul qilish muhimdir. Ba’zi dorilar bir kunda bir marta, qolganlari ko’proq qabul qilinishi kerak. Agar tavsiyada «1 tadan har 8 soatda» deyilgan bo’lsa, 3 mahal iching: ertalab bitta, peshinda bitta, kechki payt (yotishdan oldin) bitta. Agar «1 tadan har 6 soatda» deyilgan bo’lsa, 4 mahal : ertalab, peshinda, asr (soat 4-5 lar)da va kechki payt bittadan iching. Agar «1 tadan har 4 soatda» deyilsa, 6 mahal iching: dorilar qabul qilish orasidagi vaqt bir xil bo’lsin.

Читайте также

Tish kasalligi davosi

Tishni davolash.

QACHON TISHNI OLDIRISH SHART? «Hozirgi kunda shifokorlar nafaqat tishni, balki uning bo‘laklarini ham saqlab qolishga ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>