Dunyoning 7 burchagidan go’zal teri sirlari

guzalliksirlari90440

Ayollar har doim qizlar kabi bo’lishni istashadi, ular asrlar davomida yuziga o’zgacha mayinlik va nur beruvchi go’zallik retseptlarini izlab kelganlar. Eng muhimi – yoshlikdagi go’zallikni uzoqroq saqlab qolishdir.

Biz quyida keltirmoqchi bo’lgan retseptlar shunchalik oddiyki, ular osongina sizning kundalik odatlaringizga kiradi deb o’ylaymiz.

Frantsiya.

Muz bo’laklari bilan yuz terisini artish — qon aylanishini yaxshilaydi va yuzga o’zgacha jilo beradi. (Albata bu muolajani sovuq kunlarda o’tkazmagan ma’qul).

Ertalab va kechqurun kontrast kompresslar. Yuz rangini tiniqlashtiradi, terini tortib, yoshartiradi. Buni bajarish uchun sochiqchani issiq suvga botirib bir necha soniyaga yuzga qo’yamiz, keyin esa sovuq suvga botirib yuzga qo’yamiz. Bu harakatlarni bir necha bor takrorlaymiz. Limonni mayda toshmalarga qarshi qo’llash mumkin. Limon sharbatini butun yuz terisiga emas, balki toshmalar ustiga tekkazib chiqamiz.

Upalardan minimal foydalanish. Frantsuz ayollari tabiiy yuz rangini afzal ko’radilar. Turli upalar esa hujayralarni to’ldirib nafas oldirmaydi deb hisoblaydilar.

Chili.

Go’zal yuz terisi uchun qizil uzum. Chililik qizlar va ayollar qizil uzum tarkibidagi antioksidantlar yordamida yuzlarini parvarishlaydilar. Ular uzumni ezib, teng miqdorda un qo’shadilar va yuz terisiga 10 daqiqaga surtib qo’yadilar. Bunday niqobni ertalab qilish tavsiya etiladi.

Shvetsiya.

Sog’lom ovqatlanish. Shvedtsiya ayollarining go’zallik sirlari antioksidantlarga boy bo’lgan ratsionda ekan. Ular ko’proq mevalar va baliq iste’mol qilarkanlar.

Go'zal qizlar

Yaponiya.

Guruchli yuvinish vositasi. Bunday parvarish kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilaydi va teriga mayinlik bahsh etadi.

Uni tayyorlash uchun guruchni maydalab biroz suv qo’shamiz. Yuzni kundalik uqalash. Bunday muolaja yuz tarangligini saqlab qolish va uni kislorod bilan ta’minlash uchun zarurdir. Massajni turli yog’lar yordamida bajarish mumkin. Yog’lar va alohida massaj turi teriga qarab tanlanadi.

Braziliya.

Sabzi sharbati husnbuzarlarga qarshi samarali vosita. 30 gr yangi tayyorlangan sharbat ulardan qutulishingizga yordam beradi. Buning siri sabzi tarkibidagi beta-karotindir.

Ispaniya.

Ko’z ostidagi shishlarga qarshi — kartoshka. Uni yupqa kesib 10 daqiqaga ko’zlarimizga qo’yamiz.

Turkiya.

Behidan niqob. Behini qirg’ichdan o’tqazib yuz terisiga bir necha daqiqaga surtamiz. So’ng iliq suvda yuvib tashlaymiz. Behi sharbatini siqib paxtaga botirib yuzni artish mumkin. Bunday muolaja ko’proq hali yuz terisiga to’g’ri keladi. Nefritli rolik. Turk ayollari foydalanadigan bunday moslamada uqalansa yuz terisida qon aylanishi yaxshilanadi. Bu esa yuzga kerakli elementlarning etib kelishi ham osonlashadi degani.

Umida Xudoynazarova tayyorladi.

Читайте также

Chiroyli qizlar rasmi

Chiroyli qizlar uchun oftobda toblanish haqida muhim ma’lumot.

Dunyoning ko’pgina o’lkalarida oftobda badanni qoraytirish oxirgi paytlarda urfga aylanib qoldi. Uni go’zallik vositasi deb ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>