Erga yoqish siri nimada?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 1.00 (5 dan))
Загрузка...

Er va xotin

Bir ayol olimlardan birini oldiga uni sehrgar deb o’ylab undan sehr jodu amalini qilib berishni talab qilibdi. Shunday ilmi amal qilib beringki erim dunyo ayollaridan ko’ra meni yani o’z xotinini yaxshi ko’radigan bo’lsin depti.

Bu odam olim va murabbiy inson bo’lgani uchun u ayolga depti: Sen oson bo’lmagan juda qiyin ishni talab qilyapsan. Buning uchun bir qancha qiyinchiliklarga ro’baro’ bo’linadi, shularni ko’tarishga tayyormisan? Ayol ha! Deb javob qilibdi. Olim kishi bu ishni sherni bo’ynidagi yolidan bir tutam olib kelsangina qilish mumkin depti. Ayol depti shernii! Olim kishi ha! Ayol so’rapti. Bu ish meni qo’limdan kelmasa kerak chunki sher yirtqich xayvon bo’lsa meni yeb qo’yishidan qo’rqaman biror bir tinchroq va osonroq yo’l yo’qmi? Deb. Olim kishi eringni muhabbatiga erishmoqchi bo’lsang bundan boshqa yo’l yo’q va agar yaxshi o’ylab fikr qilsang maqsadingga yetishish uchun munosib yo’l topa olasan! deb javob beripti.

Shunda ayol talab qilingan sherni yolini topish uchun 5 ni 6 ga ko’paytirgan xolda olimning huzuridan chiqibdi va aqlli va dono deb bilgan kishilardan maslahat so’rabdi. Unga sher qorni ochsagina insonga hujum qilishini va shu bilan birga avval uni qornini to’ydirishni maslaxat bershibdi. U ayol nasixatni qabul qilib o’zlariga yaqin o’rmonga ravona bo’libti va sherga uzoqdan turib bo’lak bo’lak go’shtlarni tashlabdi. Sherga go’shtni tashlashda to sher unga va u ayol sherga ulfat bo’lguncha davom etibdi. Har safar go’sht tashlaganda oz ozdan sherga yaqinlashar edi. Oxiri sher unga suykaladigan va u ayol sherni muhabbatini qozongan kun ham kelibdi.

Qo’lini sherni boshiga qo’yib uni bo’yinlarini va yollarini mehribonlik bilan silabti. Sherni shunday erkalashda ayolga uning yolidan bittani xotirjamlik bilan olish qiyin ish emas edi. Sherning yolidan bittasini olgan zaxoti sehrgar deb o’ylagan olimning oldiga oshiqdi. Butun vujudini erining qalbiga toabad ega bo’lish ishtiyoqining xursandligi qoplagan edi. Sherning yolini ko’rgan paytda olim kishi so’radi; nima ish qildingki bu bir tutam yolni qo’lga kiritibsan? Shunda ayol sherni qanday o’rgatgani va sherni qalbiga uning qornini to’ydirish orqali erishganini va uzoq sabr qilganligini hammasini batafsil so’zlab berdi.

Shunda haligi imom u ayolga dedi; ey Allohning bandasi! Ering sherdan ko’ra yovuzroq bo’lmasa kerak? Sherga qilgan muomalangni eringa qil! Uning qalbiga kirish yo’lini qidir! Uni och qornini to’ydir! Mana shularni rejasini sabr bilan o’ylab top! Shunda uni o’zinga asir qilasan, shuni rejasini sabr bilan ishlab chiq!

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>