Erkak kishi nima uchun xiyonat qiladi?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Xiyonat foto

Nima desangiz deng, erkaklar jinsiy munosabatga ayollardan ko’ra boshqacharoq yondashishadi. Siz ayollar uchun bu – sevgi muloqoti. Erkaklar uchun esa jinsiy munosabat tuyg’ular va mazmunga asoslangan bo’lishi shart emas. Jinsiy muloqot ular uchun shunchaki jismoniy harakatdir. Muhabbatning bunga hech bir daxli yo’q.

Shu o’rinda bir ayol jo’natgan maktubga diqqatingizni qaratmoqchiman:

” … Yigirma yildan buyon birga yashaydigan umr yo’ldoshimdan so’radim: “Rostini ayting, men bilan yashash sizni qoniqtiradimi?”, deb. Erim juda uzoq o’ylanib qoldi. Oradan hiyla fursat o’tgachgina hech qachon menga ozor yetkazadigan ish qilmasligini, ammo agar men ruxsat beradigan bo’lsam, boshqa ayollar bilan ham yashashi mumkinligini tushuntirdi. Erim fikrini izohlar ekan, shunday dedi: “Erkak kishi yoshi ulg’aya borgan sayin hali ham ayollarga yoqamanmi-yo’qmi, degan savolga javob topishni istaydi. Xotinidan o’zga ayollarning e’tibori, mehri va g’amxo’rligi uning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Bu esa erkak kishi uchun juda muhim. Xotini buni hech ham hazm qilolmayman deya janjal ko’targan taqdirda ham u begona ayollarni “kashf qilish”da davom etaveradi”.

Erimning bu tarzda fikrlashi, rosti, men uchun qattiq zarba bo’ldi. Chunki uni hech qachon hech kim bilan bo’lisha olmayman, bu qo’limdan kelmaydi. Uning qarashlarini o’zgartirishning iloji bormikan?..”

Ayolning oxirgi savoliga tugal javob berishning iloji yo’q. Nega deysizmi? Unda eshiting. Erkak kishi rafiqasi, bolalari va oilasini sevishi, qadrlashi mumkin, ammo u baribir tashqarida boshqa ayol bilan ham yaqinlik qilishni istaydi. Bu unga shunchaki o’zini yanada yaxshi his etishi, hayotdan zavq olib yashashi uchun kerak. Yana takrorlayman: o’zgalar bilan jismoniy yaqinlikning erkak kishi qalbidagi muhabbatga aslo daxli yo’q.

Eringiz baribir “suvdan quruq chiqadi”

Deylik, siz yaxshi bir kasbda ishlaysiz. Kunlarning birida xizmat taqozosi bilan bolalarni eringizga ishonib topshirdingiz va uzoq safarga ketdingiz. Siz uyingizdan olisda ekaningizda “dadasi” telefon orqali boshqa ayollar bilan “shirin suhbat”lar qurdi. Xo’sh, keyin nima bo’ladi? Shak-shuhbasiz, bu erkak kishi uchun noto’g’ri qadam emas. U osonlik bilan o’zini oqlaydi. Sababi, eringiz bu ishni sizni sevmaganligi uchun emas, shunchaki uzoq vaqt ayol kishisiz yashab, zerikkanligi uchun qilgan.

So’zlarim sizga o’ta sovuqqonlikdek tuyulishi mumkin. Ammo erkak kishi nuqtai nazaridan bu eng adolatli yechimdir.

xiyonat qilgan foto

“Men xotinimdan ayyorroqman!”

Albatta, erkak kishi xiyonati fosh bo’lib qolishini hech ham istamaydi. Ammo ko’p hollarda erkaklar “yurishim”ni hech kim bilmaydi, degan ishonch bilan ishqiy sarguzashtga beriladilar. Mening sahnada ayni mavzudagi bir chiqishim bor edi. Unda bir erkakka aniq-tiniq tushgan fotosuratini ko’rsatib turishsa ham: “O’laman, sattor, bu men emas, ha, bu mening ko’ylagim, mening tuflim, mening shimim, lekin baribir bu men emasman, yonimdagi(!) ayolni ham tanimayman”, deb turib oladi…

Men-ku, hazillashaman, ammo ko’pchilik erkaklar qo’lga tushib qolishni rostakamiga kulgili hol sanashadi. Ular, albatta, buning oqibatlari – sevimli rafiqani yo’qotish, oila, bola-chaqa, uy va ruhiy holatning parokanda bo’lishini hisobga oladilar. Biroq ish shunchalikka bormas, deb ehtiyotsizlikka yo’l qo’yishadi. Bunga sabab shuki, erkak kishi o’zini sizdan ko’ra ayyorroq sanaydi. Sizning oilani saqlab qolishga urinishlaringiz uning shubhali xatti-harakatlarini yopib ketadi va yolg’iz qolishdan ko’ra, uning xatolari bilan birga yashayverishni afzal bilishingiz ularga ishonch bag’ishlaydi. Shu tariqa shubhalaringiz aniq tasdig’ini topmaguncha sir boy bermay yuraveradi. U, albatta, sizni qadrlasagina shunday. Aksincha bo’lsa, erkak o’zini oqlab o’tirmaydi. Qo’lga tushib qolishdan ham qo’rqmaydi. U bemalol, ha-ha, ochiqchasiga kim bilandir yaqin munosabatda ekanini aytadi. Chunki…

Xo’sh, ayb kimda?

U sizning timsolingizda o’zi istagan insonni topa olmagan! Tabiiyki, siz buni bir bahona, deb o’ylaysiz. Ammo bu haqiqat. Hammasi sizga bog’liq: erkak kishi o’zining kimligi, nima ish qilishi va qancha ishlab topishiga qarab o’ziga baho beradi. Sizning unga bo’lgan munosabatingiz ana shu bahoga monand emasmi, demak, u o’ziga maqbulini ko’chadan qidiradi.

Siz erkaklardan “Qachonki men o’zim istagancha pul topa olsam, keyin majburiyatlar haqida o’ylab ko’raman”, “Mana shu ishda muvaffaqiyatga erishsam, keyin bemalol oyoqni uzatib yashasam bo’ladi”, degan gaplarni eshitgan bo’lsangiz kerak. Bunday fikrlaydigan odam ayol kishining vafo va sadoqat mezonlariga moslashish shart emas, deb o’ylaydi. U bu narsani yuzingizga aytmasa ham (aytadiganlar ham bor) siz bilan munosabatlarga chek qo’ymagan holda yana kimdir hayotida mavjud bo’lishini istaydi.

Mening bir oshnam bor. Puli, tinchgina oilasi, xullas, hayotda erkak kishi uchun nimaiki kerak bo’lsa, bularning bariga erishgan. Bir kuni gap orasida u bizga: “Yigitlar, men xotinimni yaxshi ko’raman, lekin boshqa joyda mening yana bir ayolim bor”, deb qoldi. Biz bundan hayron bo’lmadik. Negaki, uning hayotiy tamoyillarini bilardik. Men har neni o’z o’rnida bajarib qo’ydim, oilam to’q farovonmi, demak, shaxsiy ehtiyojlarimni qondirishga haqliman, deydiganlar toifasidan edi u. Ko’rayapsizmi, erkak kishi yoshi ulg’ayib, aqlini tanigani sayin nimani va kimni nechanchi o’ringa qo’yishning hadisini oladi. Ana shunda chinakam ma’noda hayotini zavqqa to’ldira oladigan, mehr-muhabbatiga arziydigan, uni har jihatdan qo’llab-quvvatlay oladigan ayolni qidirib qoladi…

Yana bir do’stim bor. Juda xotinboz. Bir kuni shu yigit: “Men ayollar orasidan istaganimni “ilintira” olaman, mana-man deganini ham xohlagan ko’yimga solaman. Lekin, bilasanmi, negadir o’zimni baxtli his qilmayapman. Xotirjamlik va hayot zavqi nimaligini bilmayman”, deb qoldi. U bilan ozroq suhbatlashganimizdan so’ng ayollarga avvalgidek munosabatda bo’lish ahdidan qaytdi. Tez orada turmush tarzini o’zgartirdi, oila qurdi. Nihoyat, do’stim o’ziga nima kerakligini anglab yetdi.

Ha, erkak kishi oila mehri, mas’uliyatini his qilsa, uning xiyonatga ehtiyoji qolmaydi. Biroq…

Davomi bor!

Rus tilidan Mavluda TOShPO’LATOVA tarjimasi.

Читайте также

Ayolni rom etish

Ayol qalbini zabt etish uchun

Mutafakkir Blonskaya, “Ayol hech bir aqlsiz erkakni aqlli qila olmaydi, ammo eng aqlli erkakning aqlu ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>