Homilador ayollarga qulupnay mumkinmi?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Qulupnay bozorda

Bozor rastalari baxor ne’matlaridan biri bo’lmish qulupnay bilan to’ladi.

Hammadan ko’ra aynan bo’lajak onalar bu mevani juda tanovvul qilishni istashadi. Homilador ayollarimizga qulupnay tanovvul qilishda quyidagi qoidalarga rioya qilish talab etiladi.

1. Qulupnayni tagi teshik idishga solib, yaxshilab yuving, shunda uning allergiya beradigan moddalari kamayadi, bakteriyalardan zararlanish xavfi susayadi, gelmintlar ham yuvilib ketadi.

2. Och qoringa qulupnayni yeya ko’rmang, aks holda oshqozoningiz ishlash faoliyati buziladi.

3. Qulupnayni yogurtga, qatiqqa umuman sut mahsulotlariga qo’shib yesangiz uning tarkibidagi shovul kislotasi ta’siri kamayadi. Shovul kislotasi homilador ayol uchun muhim bo’lgan kaltsiy moddasini yutib yuboradi.

4. Asosiysi me’yorni unutmang, ko’p yeb yubormang aks holda eng foydali mahsulot ham sog’likka xavf tug’dirishi mumkin. Bir kunda bir necha dona qulupnay yeyish kifoya.

5. Organizm reaktsiyasini kuzatishni ham unutmang, allergiya holatlarini kuzatsangiz qulupnay iste’mol qilishni darrov to’xtating. Shuningdek homiladorlikning oxirgi oylarida qulupnay yemay qo’ya qolganingiz ma’qul. Chunki qulupnay qonni suyultirib, bachadonda gipertonusni kuchaytirib muddatdan oldingi tug’riqni chaqiradi.

6. Bo’lajak onalar agar yuqoridagi maslahatlarni o’qib ham judayam qulupnay yegingiz kelsa, yeya qoling faqat ozgina qulupnayni po’stini olib tashlab ichini yeng. Po’stidan esa yuzga piling sifatida foydalanishingiz mumkin.

1 osh qoshiq qaymoq yoki smetani qo’shib yuboring-da yuzni ishqalang. Xumoringizdan ham tushasiz, yuzingiz ham tozalanadi.

Загрузка...

Читайте также

Jinsi shim

Liboslar tanlashda eng muhim 12 qoida

Garderob uchun eng kerakli 12 buyum Moda bir zumda o’zgaradi, ammo garderob sizga uzoq yillar ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>