Homiladorlik davrida buyrak kasalliklari – og’rig’i, tosh tushganda, shamollashi.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Homilador ayol foto

Homiladorlikdagi buyrak xurujlari.

Birinchi farzandimga homiladorlik vaqtim ma’yus yurganimni ko’rgan shifokorning dakki bergani hech yodimdan chiqmaydi: «homiladorlik – to’qqiz oy davom etadigan haqiqiy quvonch. Shu davrni boshidan kechirgan ayolgina bir umrga tatigulik baxtga erishadi». Aslida ham, shunday ekan! Ammo o’sha xursandchilikka panadan bosh ko’tarib chiqadigan turli xastaliklarning soya solishi ham ayni haqiqat. Buyrak kasalliklari yani buyrak og’riganda, buyrakdan tosh tushganda, shamollashi ana shular jumlasidandir.

Mutaxassis: oliy toifali shifokor, ginekolog Zumrad SOBIROVA.

Fakt: homiladorlikda bachadonning qorin bo’shlig’ini egallashi va homilaning kattalashib borishi natijasida, qorin sohasidagi ichki a’zolarning joylashuvi o’zgarib boradi. Xususan, buyrakda qisilish holati kuzatilishi mumkin. Odatda, homiladorlikning 22-28 hamda 38-40 haftalarida bu a’zo bilan bog’liq muammolar dolzarb bo’lib qoladi.

Sistit.

Homiladorlik muddati kattalashgani sayin bachadon o’sib, siydik pufagiga bosim beradi. O’z navbatida, ayol kichik hojatga odatdagidan ko’proq qatnaydi. Peshob o’z vaqtida organizmdan chiqib ketmasa, siydik yo’llari infektsiyasi kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu esa ayirish organlarining umumiy yallig’lanishi — sistitni avj oldiradi. Bu holat homiladorlarning 10 foizida uchrab turadi. Maslahatimiz, kasallikning oldini oling va o’zbilarmonlik bilan davolanmang. Aks holda, tug’ruq davrida bir qancha muammolar vujudga kelishi hamda farazndingiz past bo’yli bo’lib tug’ilishi mumkin.

Piyelonefrit.

Sistit kasalligiga yengil qaraganlar odatda siydik pufagi yallig’lanishi, ya’ni piyelonefrit bilan ro’baro keladi. Piyelonefrit xastaligi 1-2 foiz homilador ayollarni bezovta qilishi mumkin. Ehtimoli kam ekan deb, o’zingizni bo’sh qo’ymang, salomatligingizga e’tiborni kuchaytiring. Siydik pufagi yallig’lanishida tanada yuqori harorat, et uvishishi, holsizlik va bel sohasida og’riq kuzatiladi. Ayol davolanish chog’ida muntazam shifokorlar ko’rigida bo’lishi hamda antibiotiklar qabul qilishi lozim.

Homiladorlikda buyrak og'rig'i

Buyrakda tosh bo’lsa.

Buyrakda tosh borligi homiladorlikdan avval aniqlangan holatlarda, homilador ayol nefrolog ko’rigidan har oyda bir marta o’tib turishi tavsiya qilinadi. Ammo xastalik homiladorlik davrida aniqlansa, homiladorga og’riq qoldiruvchi dorilar hamda tez-tez suyuqlik ichish buyuriladi. Statistikaga ko’ra bu 1500 ta homiladordan 1 nafarida uchraydi. Ayrim hollarda toshlar o’zi maydalanib, siydik yo’llari orqali chiqib ketadi. Toshning hajmi katta bo’lsa, lipotomiya, ya’ni toshni ultratovush yordamida maydalash muolajasi o’tkaziladi.

Eng xavfli holat — gestoz.

Bu homiladorlikning ikkinchi yarimida yuzaga keladigan yashash uchun muhim ichki a’zo va tizimlar faoliyatidagi salbiy o’zgarishlardir. Gestoz alomatlari 13-16 foiz homilador ayollarda kuzatiladi. Odatda moddalar almashinuvi buzilgan, gipertoniya, buyraklardagi yallig’lanish, endokrin tizim kasalliklari, infektsiyalar aynan gestozga sababchi bo’ladi. Ushbu xastalik huruj qilmaydi, xavf qo’qqisdan paydo bo’lmaydi. Kasallik asta-sekinlik bilan bo’lajak ona organizmini zaiflashtirib boradi, ilk belgilari shishlar hisoblanadi. Organizmdan chiqib keta olmagan suyuqlik oyoqning tovon qismida to’planadi va tananing yuqorisiga qarab ko’tariladi. Uni vaqtida davolamaslik natijasida bo’lajak ona va homila hayotiga xavf tug’diruvchi holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Homiladorlar yon daftarchasiga!

Bel og’rig’i, peshobning tez-tez ajralishi kabi holatlarga ro’baro kelmaslik, aniqrog’i buyrakni asrab-avaylash o’z qo’lingizda! Ko’p eshitgan bo’lsangiz ham takrorlaymiz, yog’li, achchiq, sho’r taomlarni chegaralang, organizmga kirayotgan va chiqayotgan suv miqdorini nazorat qiling, kun tartibiga rioya eting! Sovqotmaslikka harakat qiling, ko’proq harakatda bo’ling, yana shaxsiy gigiyena qoidalarini ham yodda tuting. Bezovtaliklar kuzatilsa, shifokor ko’rigidan o’ting, buyurilgan tahlillarni topshirish va dorilarni qabul qilish majburiyligini unutmang!

Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>