O’tib borayotgan haftada o’zbek shou-biznes yulduzlarining shaxsiy hayotida yuz bergan quvonchli voqealardan biri yulduzlarimiz orasida serfarzadliligi bilan ham tanilib borayotgan, “Bojalar” guruhining yakkaxoni, ajoyib komik aktyorimiz Jahongir Poziljonov yana bir bor ota bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi. Xonanda 10 aprel kuni qizlik bo’ldi.
Eslatib o’tamiz, bu Jahongir Poziljonovning beshinchi farzandi. Bungacha xonandaning ikki o’g’li va ikkita qizlari bor edi. Jahongir Poziljonov uchinchi qizga ota bo’ldi. Hadisda kim uchta qizni yaxshilab tarbiyalab voyaga etkazsa jannati bo’lishi aytilgan ekan. Biz xonandani shunday ulug’ imkoniyat bilan, farzandli bo’lgani munosabati bilan muborakbod etamiz.“Yangi mehmon”ning qadami qutlug’ kelsin!
Xonanda Jahongir Poziljonov hamda rafiqasi Dildora Poziljonovaga farzandlar tarbiyasida kuch-g’ayrat tilaymiz. Oilaviy xotirjamlik, totuvlik hamisha hamrohingiz bo’lsin!
Ha aytgancha, xonandaning o’g’liga otasining ismini – G’ayrat ismi qo’yilgan edi. Qizlari Rayhona va Shahzoda. Uchinchi qizga qanday ism qo’yilgani bilan qiziqsangiz bizni kuzatishda davom eting…