Kechki taom uchun tovuq go’shtidan ajoyib toblama

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Tovuq tayyorlash foto.Tovuq go’shtidan toblama.

Kerakli masalliqlar:

  • 4 ta tovuq go’shti(grudinka,file)
  • 2-3 ta baqlajon
  • 3-4 ta pomidor
  • 150 gr pishloq
  • 1 dona sarimsoq piyoz
  • ukrop
  • qovurish uchun yog’
  • tuz, hohishga ko’ra qizil va qora murch.

Tayyorlanishi:

Baqlajonlarni yuvib, to’g’raladi. Tog’orachaga solib, 20-30 daqiqaga tuzlab qo’yiladi. Tovuq go’shtini yuvib, har birini 4 bo’lakka bo’lib chiqiladi. Har bir kesim salafanga solib ustidan bolg’acha yordamida urib chiqiladi. Urilgan go’shtlani tuzlab, murchlanadi.

Pomidorlarni yuvib, parrak-parrak qilib kesib chiqiladi. Sarimsoq piyozni mayda-mayda to’g’raladi. Ko’katni mayda qilib to’g’raladi. Pishloqni qirg’ichdan o’tkaziladi.

Tovaga ozgina yog’ solib baqlajonlarni 2 yon tarafini 2-3 daqiqa davomida qovurib olinadi.

Formaga ozgina miqdorda yog’ surtib chiqiladi. Baqlajonlar teriladi, ustidan tovuq go’shti teriladi, yana baqlajonlar teriladi, keyin tovuq go’shti. So’ngra pomidorlar terib chiqiladi va ustidan ozgina tuz, murch sepiladi. Sarimsoq piyozni ham ustidan teriladi. Ustidan pishloq sepiladi.

Gaz pechini 180 daraj ada qizdirgan holda 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi. Issiq holda dasturxonga tortiladi.

Читайте также

bananli23561

Nonushta uchun mazzali parhez bob bananli pankeyklar

Nonushta uchun ajoyib retsept. Ayniqsa ozish jarayonida ketayotgan honimlar uchun ayni muddao. Ko’p masalliqlar ham ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>