Kelsa erning urug’i…

Foto: Erning urug'i

Jiyanining beshik to’yidan qaytgan qo’shnimning kayfiyati yo’qligini sezdim-u, sekin so’radim:

Tinchlikmi? Ertalab rosa xursand edingiz-ku, yo to’y qoldirildimi?

Yo’g’-ye, kelinimizdan bir oz ranjidim. Amma bo’lganimga suyunib, to’lib-toshib borsam, hafsalamni pir qildi. Gulzodaxon o’zicha mehmonlarni ikki toifaga ajratibdi. Erining qarindosh-urug’lari va mahalladagi qo’ni-qo’shnilarga ayvonga, o’zi tomondan kelgan mehmonlarga esa ichkaridagi mehmonxonaga joy hozirlabdi. Mehmonlar kelishganida ichkari uyga choy olib kirib, og’zim ochilib qoldi. Dasturxonda yo’q narsaning o’zi yo’q.

Ha, mayli, imkoniyatlari bor ekan, haloli bo’lsin, dedim-u, ayvonga chiqdim. Bu yerdagi dasturxonga qarasam, g’aribgina, u yer-bu yerda non, qand-qurs, choynak-piyoladan boshqa hech vaqo yo’q. Hovli chetida ikkita erkak kabob pishirayotgandi. Bir payt desangiz, hidi hammayoqni tutib ketgan, ishtahani qitiqlovchi kabob to’la patnisni kelinning singlisi ichkari zalga olib kirib ketayapti. Unga “Hoy, baraka topgurlar, avval mahalladan boshlamaysizlarmi? desam, “Ana, qozonda sho’rva qaynayapti”, desa bo’ladimi. Zalga kabobdan keyin somsa, tabaka, oxirida tort olib kirildi. Hammasini ayvondagilarning oldidan namoyishkorona olib o’tishgani yomon ta’sir qildi.

Shunga aytsalar kerak-da, “Kelsa erning urug’i, bo’lar yurak burug’i, kelsa xotin urug’i, topilar uning yo’rig’i”, deb…

Xulosa qilish sizdan Aziz Qizlar Uz foydalanuvchilari.

Читайте также

Oilada qizlar

O’g’lim yo’q deb o’ksinmang.

Ibrat uchun hamma o’qisin… Bir kishini Alloh olti qiz bilan rizqlantirgan edi. Xotini yettinchisiga homilador ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>