Kimga maza? Ayolgami, erkakka?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (2 kishi baholadi, o'rtacha: 3.00 (5 dan))
Загрузка...

Erkak va ayol foto

Ayol bo’lish yaxshimi yoki erkak? Ayollar erkaklarga maza, deyishadi, erkaklar esa xotin birovning himoyasida ekanligini, ishlamasa ham eri boqishi mumkinligini, doimo izzatdaligini nazarda tutib, “ayol bo’lishning nimasi qiyin?” deyishadi. Aslida bularni ochiqroq bilish uchun ularning so’zlariga quloq tutishning o’zi kifoya. Eng muhimi, har ikki jins vakili bir-biriga suyanchiq, bir-biriga kerak!

Erkak bo’lish maza!

Chindanam erkak bo’lish maza! Ertalab hammadan barvaqt turmaysan. Bir kun bo’lsayam uxlab qolsang, nega nonushta tayyor emas, deb gap eshitmaysan. Kechqurunga nima ovqat pishiray, deb bosh qotirmaysan, tikuvchi ko’ylagingni buzib qo’ysa siqilib o’tirmaysan. Qo’shning har kuni yangi ko’ylak kiysayam parvo qilmaysan. Dugonam yana tilla taqinchoq sotib olibdi, deb kayfiyating tushib ketmaydi. Umringning choragini sartaroshxonada o’tkazmaysan.

Erkak bo’lish zo’r! Doim ikki qo’lingda to’rttadan xalta bo’lmaydi. Qizing qaysi bog’chaga borishini, o’g’ling nechanchi sinfda o’qishini bilmasang ham, hech kim uyat qilmaydi. Shanba-yakshanba kunlari ko’chadan beri kelmasang ham, birov bir narsa demaydi. Telefonda atigi uch daqiqa gaplashasan va televizorning pulti hamisha senda!

Erkak bo’lishga nima yetsin! Ishga joylashishingda qaddi-qomatingning umuman ahamiyati yo’q.

Erkaksan-da, shampan vinosi va boshqa hamma bankalarni bemalol ocha olasan. Yana bir muhim tomoni, do’stlaring uchun vazningdagi o’zgarishning umuman farqi yo’q. Ich kiyimlaring arzon, hamkasblaring kamsitolmaydi.

Buyam hammasi emas, 30 yoshda bo’ydoq bo’lsang ham birov bir narsa demaydi. Sho’rlik “o’tirib” qolibdi-ku, deb er topishga harakat qilmaydi. Uchta poyabzaling bo’lsa, yilning to’rt fasliga yetadi. Xonaga kirganingda “anaqaroq” latifa to’xtatilmaydi. Sochingni oldirib kelgan kuning birov e’tibor berishi shart emas. Faqat sartarosh sepgan atir sassiq bo’lmasa, bas. Uyda yo’qligingda choyxonada gapda edim, degan bahona tayyor. Mabodo gaping yolg’onligi bilinib qolsayam, “erkakchilik”, deb oqlaysan.

Hamisha dasturxonning to’rida o’tirasan. Ovqatni birinchi bo’lib boshlab berasan. Baland poshnada yurmaysan. Familiyangni o’zgartirmaysan. Ajinlar haqida o’ylamaysan.

Ayol bo'lish

Ayol bo’lish yaxshi!

Ayol bo’lishning o’ziga yarasha yaxshi tomonlari ko’p. Nahorgi oshga borolmasligingni hisobga olmaganda, xursand bo’ladigan narsalaring ancha. Soqol-mo’ylov muammosi yo’q. Soatlab gapirib charchamaymiz. Mashina haydaganda yo’l qoidalarini buzmaymiz. Qo’shninikiga elakka chiqsak, ellik og’iz gapni topamiz.

Makrimiz oz emas, ko’p emas, naq qirq tuyaga yuk bo’ladi. Xohlasak erni er qilamiz, xohlasak qaro yer. Xudoga shukr, erkaklardan ko’ra ko’proq umr ko’ramiz. Erkaklar uchun ilhom parisi ham biz. Yuz ohangga solib kuydiradigan ham, suydiradigan ham o’zimiz. Kal bo’lishdan qo’rqish nimaligini bilmaymiz. Ba’zida “gap”ga, ba’zida “chap”ga emas, faqat “gap”ga boramiz! Shuning uchun birov ko’rib qolsa-ya, degan xavotirda yurmaymiz. Xotindan alamini olish nimaligini bilmaymiz. Har kuni bozor aylansak ham zerikmaymiz.

Ayol bo’lish yaxshi! Yotoqxonadagi kiyim shkafining yarmidan ko’pi seniki. Chunki er topib kelgan pul qo’limizda. Erjonimizning topib-tutganini istasak bir kunga, istasak bir oyga yetkazamiz. Ro’zg’orda ming so’m ham qolmagan taqdir ham bizda ellik ming so’m hamisha topiladi. Gap bilan erisholmagan maqsadimizga “yadro quroli”miz bo’lmish yig’i bilan albatta erishamiz.

Shunaqa, hurmatli erkaklar, orzuingizdagi ayolni topgan bo’lsangiz boshqa orzularingiz bilan xayrlashavering.

Nigora.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>