Kiyinish madaniyati – qanday liboslar, ko’ylaklar bizga mos?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (2 kishi baholadi, o'rtacha: 2.00 (5 dan))
Загрузка...

Kiyinish madaniyati
HAYONI UNUTMAYLIK.

Keyingi vaqtda ayollarimiz orasida libosdan o’zini ko’z-ko’z qilish vositasi sifatida foydalanadiganlar ko’payib qoldi.

Atrofga qarasak, ayollarimiz kalta ko’ylak, tor ki­yim kiyishdan uyalmayotganlariga guvoh bo’lamiz. Buni go’yo “qulaylik” deb atashadi. O’qishga, ishga, umuman, biron yumush bilan uydan chiqib ketayotgan qizimiz, kelinimiz, singlimizning kiyinishiga nazar solaylik. Tor, kalta ust-boshlar, ba’zan sal engashsa, beli ochiladigan darajadagi koftalar… unutmaylik, ko’rar ko’zga bu liboslar o’sha ayollar mansub xonadondagi tarbiya haqida “ma’lumot beradi”.

Har bir ayol, kim bo’lishidan qat’iy nazar, ko’chaga kiyinib chiqishidan oldin tafakkur qilsin. Chunki bu libos bilan otasining, turmush o’rtog’ining, akasi yoki ukasining, qolaversa, o’g’lining oriyatini ko’tarib yuradi.

Hayo borasida yana bir og’iz so’z. Ayollar orasida ko’krak saratoni xastaligi ko’payib bormoqda. Onalarimiz, buvilarimiz davrida bu kasallik juda kam uchragan. To’g’ri, buni turli omillarga: ekologiyaga, kamqonlikka, irsiyatga bog’lashadi. Ammo nazar – bor narsa. Qizlarimiz, ayollarimizning ochiq kiyimlarda yurishi ham bu xastalikni chaqirishi mumkin.

Ayrim kelinchaklar, ayollar bolasi yig’lab qolsa, atrofda kim bo’lishidan qat’i nazar, darrov bolaga ko’krak tutishadi. Buvilarimiz bolaga ichkari xonaga kirib, beshikda bo’lsa, boshqalarning nazaridan saqlash uchun gavrapo’shni yopib, ko’krak tutishni qattiq tayinlashardi. Ular onaga ham, bolaga ham nazar tegishining oldini olish uchun shunday qilishgan.

Kiyimlar foto

Ba’zilar bolani emizish oddiy holatdek, otasi, ukasi yoki o’g’lining, hatto begonalarning oldida ham bemalol o’tirishadi. Vaholanki, ayol faqat erining oldida ochiq bo’lishi mumkin. Masalaning boshqa tomoni ham bor: ochiq kiyinadigan onasining yurish-turishiga ko’zi o’rgangan olti-etti yoshli bola uchun borib-borib bu ko’rinish odatiy holga aylanadi. Bu esa balog’atga yetganida bir qancha kasalliklar, hatto bepushtlikka ham sabab bo’lishi mumkin.

Homiladorlik – Yaratganning ulug’ ne’mati. Tor ko’ylaklar kiyib, holatini ko’z-ko’z qilish esa ne’matni avaylamaslik, qadrsizlantirishdir. Chunki bu nafaqat onaning, balki homilaning ham hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hayoli ayol keng ko’ylaklar kiyib, homiladorligini yashiradi, o’zini ham, bolasini ham ehtiyot qiladi. Chunki: “Nazar tuyani qozonga, odamni qabrga eltadi”, deb bejiz aytilmagan.

Muslima  opa singillar  so’zlaridan….

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>