Ko’krak og’rig’i qay hollarda xavfli?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Ko'krak foto

Ko’krak bezi saratoni haqida ko’p gapirilgani bois ko’p siynadagi og’riq vahimaga solishi mumkin. Ayniqsa, hayz oldidan ko’krak shishi, kattalashishi, og’irlashib, og’riq berishi turli noxush xayollarga boshlagan paytlar ham bo’ladi. Nega hayz boshlanishidan avval shunday bo’ladi? Agar bu me’yoriy holat sanalsa, qancha davom etishi kerak?

Nevralgiya bo’lishi mumkin.

Odatda, hayzdan bir necha kun oldin siynada og’riq sezila boshlaydi va bu me’yoriy holat. Ayrim hollarda esa og’riq boshqa kasalliklar tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Masalan, yurak xastaligi, qovurg’alararo nevralgiya ham ko’krakka og’riq beradi. Bu notsiklik og’riq, deyiladi.

Bezovtalik hayzoldi alomati bo’lsa, xavotirga o’rin yo’q. Tibbiyotda ushbu holat ko’krakdagi davriy og’riq, deb ataladi. Bu alomat siklning ikkinchi yarmida paydo bo’lib, hayz boshlanishidan bir necha kun oldin kuchayishi mumkin.

Mastopatiya haqida bilasizmi?

Ko’krakdagi davriy og’riq odatda, 30—50 yoshlardagi ayollarda kuzatiladi. Menopauza (hayz to’xtashi) davrida ayol siyna og’riqlaridan shikoyat qilmaydi.

Aksariyat ayollar ko’krakdagi siklik og’riq alomatini u qadar sezishmaydi. Hayzoldi kunlarida siyna og’irlashishi, ya’ni biroz noqulaylik his qilinadi, xolos. To’g’ri, ba’zan og’riq zo’rayishi, sanchiqli, uzoq davom etuvchan xarakterda bo’lishi mumkin. Bunda ko’krak shishib, qattiqlashadi. Shifokorlar ushbu holatni mastodiniya, deb atashadi. Mastodiniyada siyna og’rig’i hayzdan 2 hafta oldin boshlanadi. Hayz boshlanishiga yaqin og’riq yanada kuchayishi hamda sut bezlari shishi kuzatiladi. Va hayz kelishi bilan bu holat yo’qoladi.

Yana gormonlarmi?!

Ko’krakdagi siklik og’riq organizmdagi gormonal o’zgarishlar tufayli yuz beradi. Negaki, sut bezlari gormonal o’zgarishlarga juda ta’sirchandir. Siklik og’riq biror kasallik bilan bog’liq emas, shuning uchun bu holatni davolash talab etilmaydi. Agar ko’krakdagi bezovtalik kuchli, sanchiqli xarakterda bo’lsa, u holda og’riq qoldiruvchi dorilarni tavsiya etish mumkin.

Hayz bilan bog’liq ko’krak og’rig’ining doimiyligi qabul qilinayotgan dorilar ta’siri bo’lishi ham mumkin. Misol uchun, homilaga qarshi oral preparatlar. Ular tarkibiga sintetik shakldagi ayollar gormoni kiritiladi. Shuningdek, gormonlar o’rnini bosuvchi boshqa preparatlar ham siklik og’riqqa sabab bo’lishi mumkin. Ba’zi tinchlantiruvchi, qon bosimini tushiruvchi dorilar ham xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi.

Og’riq qoldiruvchi dorilar yordam bermasa, shifokor gormonlarni chegaralovchi maxsus preparatlarni tavsiya etishi mumkin. Bunday preparatlar estrogen gormoni mikdorini kamaytirishga yordam beradi. Shuni ham aytib o’tish joizki, bunday dorilar bir qator asoratlarga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun u eng so’nggi chora sifatida qo’llanadi.

Ko'krak foto 2

Vahimaga o’rin yo’q!

Ko’krak og’riyverishi mastopatiyaga olib keladi, degan fikrlarni ko’p eshitamiz. Ammo hayzoldi og’riqlar bilan mastopatiyaning farqi katta. Mastopatiya, odatda, tug’ruq yoshidagi ayollarda kuzatiladi. To’g’ri, kam hollarda o’smir qizlar hamda keksa ayollarda ham bu kasallik rivojlanishi mumkin.

Xastalikning sababi aniq topilmagan bo’lsa-da, shifokorlar organizmdagi gormonlar muvozanati buzilishi, asosan, estrogen va progesteron gormonlari o’rtasidagi balans me’yorida bo’lmasligi tufayli kelib chiqadi, deb taxmin qilishadi.

Stress, ruhiy zo’riqish, kuchli xavotir, jinsiy a’zolar kasalligi, endokrin xastaliklar, uzoq vaqt gormonal preparatlar bilan davolanish, ba’zi jarohatlar mastopatiyaga olib kelishi mumkin. Shuningdek, semirish bilan kechadigan qandli diabetga uchragan hamda ona avlodida mastopatiya kasalligi aniqlangan ayollar bu kasallikka moyil bo’lishadi. Farzandsiz va uzoq vaqt jinsiy aloqada bo’lmagan ayollarga ham mastopatiya xavf solishi mumkin.

Tibbiy ko’rik shart, qachonki…

Har bir ayol, ko’kragi og’risa-og’rimasa, uni o’zi mustaqil tekshirib turishi lozim. Buning uchun bir qo’l yuqoriga ko’tarilib, o’sha qo’l tomondagi ko’krak paypaslanadi. Qo’ltiqosti sohalarini ham tekshirish kerak. Ko’krak yoki qo’ltiqda qattiq narsa sezilsa, mammolog yoki ginekologga murojaat etish lozim. Shuningdek, ko’krakda hech qanday o’zgarish bo’lmasa-da, hayz ko’rish to’xtagandan so’ng ham og’riq bosilmasa, shifokor maslahati sizga juda zarur. Bunday muammolar bilan mutaxassisga hayz siklining 5—10 kuni (hayz sikli hayz ko’rishning birinchi kunidan hisoblanadi) murojaat etganingiz ma’qul.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>