Ko’p terlashning davosi bormi?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (2 kishi baholadi, o'rtacha: 1.00 (5 dan))
Загрузка...

Terlash fotoYoz keldi deguncha Arktikadagi pingvinglarga havas qila boshlaysan kishi. Aytishlariga qaraganda, pingvinglar umuman terlamas ekan. Havo issiqligi yetmaganday, sal asabiylashsang yoki hayajonlansang ham ter suvdek quyila boshlasa, o’sha pingvinlarga havas qilmay iloj yo’q…

Terlamaslik xavflimi?

Inson tanasining asosan qo’ltiq osti, chov va yelka qismlari terlaydi. Tanamizning aynan mana shu qismlarida ter ishlab chiqaruvchi apokrin bezlari joylashgan.

1 sutka davomida tanadan 1 litrgacha ter ajralarkan. Terning asosiy vazifasi shundaki, u tana haroratini bir maromda ushlab turib, qizib ketishdan asraydi. Shuningdek, modda almashinuvini faollashtiradi. Organizmdagi toksinlar ham ter bilan birga chiqib ketadi. Qisqasi, terlash inson salomatligi uchun foydali. Ter teshikchalari yopilib qolishi esa sog’ligimizga xavf tug’diradi.

Terlash sababini aniqlang.

Ba’zan tashqi ta’sirlar natijasida inson haddan tashqari ko’p terlay boshlaydi. Hayajon va stress qo’ltiq osti, qo’l kafti, sonning ichki qismidagi asab tolalarini faollashtirib yuboradi. Aynan mana shunday holatlarda havo harorati mo’’tadil yoki faol jismoniy harakatlanmaganlikka qaramay, kishi ter “yomg’iri” ostida qoladi.

Ko’p terlash tibbiyotda gipergidroz deyiladi. Ba’zi hollarda gipergidroz endokrin tizimi buzilishi yoki o’simtali kasalliklar bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Shu sababli haddan tashqari ko’p terlayotganingizni sezsangiz, shifokor ko’rigidan o’tishingiz maqsadga muvofiq.

Qoidalarga amal qiling!

Do’kon va dorixonalarda 24 soat davomida terlashdan muhofaza qiluvchi maxsus antiperspirantlar bor. Bu vositalar teri teshiklarini berkitadi, natijada terida shikastlanish hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday vositalarni qo’llaganda albatta yorlig’ida ko’rsatilgan qoidalarga amal qiling: u quruq teriga surtilishi kerak. Shuningdek, vositani teriga surtgach, 5-6 soatdan keyin yuvib tashlashni ham unutmang.

Terlashga qarshi vositalar – ukol.

Botoks. Go’zallik ukoli nomi bilan tilga tushgan bu moda 10 yildan buyon ortiqcha terlashga qarshi samarali vosita sifatida ham qo’llanilmoqda. Botoks ukoli muammoli qismlardagi asab tolalarini “blokirovka” qiladi. Dori ta’sirini esa bir-ikki kunda sezish mumkin. Uning natijasi (issiq hammom va yuqori haroratlardan o’zingizni asrasangiz) 4 oydan 9 oygacha yetadi. So’ng muolajani yana takrorlash mumkin. Og’riqli muolaja bo’lgani sababli mahalliy og’riqsizlantiruvchi dori bilan birga amalga oshiriladi.

Terlashga qarshi vosita

Lazer bilan davolash

Botoks muolajasi qo’l kafti va oyoq terlashini davolashda anchayin samarali, ammo qo’ltiq osti terlashidan esa butunlay qutqara olmaydi. Shu sababli qo’ltiq osti gipergidrozini lazer yordamida davolash muolajasi anchayin katta shov-shuvga sabab bo’lgan. Lazer nurlari ter ishlab chiqaruvchi bezlarga ta’sir ko’rsatadi, ajralgan ter miqdori kamayadi.

Qanday amalga oshiriladi?

Mahalliy og’riqsizlantiruvchi ukol qilinib, qo’ltiq ostida 3 ta unchalik katta bo’lmagan (0.5-1 mm) teshik teshiladi. Jarroh bu teshiklar orqali ter ajraladigan qismga maxsus lazerning optotola (optovolokno) joylashtirilgan trubka kirgizadi. Ya’ni, lazer nuri ichki tomondan, aynan ter bezlariga ta’sir qiladi. Muolaja og’riqsiz va 1-1,5 soat mobaynida jarrohlik xonasida amalga oshiriladi. Operatsiyadan so’ng bemorning qo’ltiq qismiga maxsus qisib turuvchi bog’lam bog’lanadi va uni 3-4 kun mobaynida yechmaslik tavsiya etiladi.

Muolajadan so’ng…

Operatsiyadan keyingi tiklanish muddati: 5-6 kun.

Hosil qilingan teshiklar maxsus yopishtirgich (nakleyka)lar bilan berkitiladi yoki bir nechta chok bilan yopiladi. Teshiklarning izi qolmaydi. Operatsiyadan so’ng 1 hafta davomida qo’ltiq ostida og’riq kuzatilishi mumkin. Shuningdek, bu vaqt orasida jismoniy faollikni kamaytirish ham tavsiya qilinadi.

Operatsiyaning yana bir foydali tomonlaridan biri — lazer nurlari teri ostidagi tuk follikulalariga ham ta’sir ko’rsatadi. Ularning o’sishi sekinlashadi.

Juda kam hollarda, haddan tashqari ko’p terlovchi bemorlar uchun muolajani 2-3 oydan so’ng takrorlash talab qilinishi mumkin. 80-85 foiz holatlarda bemor ko’p terlashdan tamoman qutuladi.

Lazer bilan davolash muolajasining o’rtacha narxi: 1.000.000 so’m.

Keng tarqalgan savollar

  • O’tgan yili botoks bilan gipergidrozdan davolangandim. Bu yil ham botoks ukolini qilmoqchiman. Ammo bu vositaga ko’nikma hosil bo’lmaydimi?
  • Shu kunga qadar gipergidrozni davolashda ishlatiladigan botulin neyrotoksini ko’nikma hosil qilish holatlari kuzatilmagan.
  • Botoks ukoli qilingach, ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin terlash yanada kuchayib ketadi, deb eshitdim. Shu to’g’rimi?
  • Botoks ukoli qilingach, bemor 6-9 oy mobaynida ko’p terlashdan qiynalmaydi. Ya’ni, ukolning ta’siri 6-9 oygacha yetadi. Bu davrdan so’ng bemorda yana avvalgiday ko’p terlashni kuzatish mumkin. Bu terlash yanada kuchaydi, degani emas. Faqatgina “quruq” yurishga ko’nikkan bemorning ichki hissiyotlari bilan bog’liq holat. Aslida esa bemor o’zining avvalgi holatiga (ukol qilinmasdan) qaytadi, ya’ni terlash miqdori ko’paymaydi.

Ko’p terlashni oldini olish foydali maslahatlar.

  • Ko’p terlashdan qiynalsangiz, taomnomangizdan achchiq, sho’r, qovurilgan yeguliklar, shuningdek, qahva, achchiq qora choyni chiqarib tashlang.
  • Havo harorati baland bo’lgan kunlari ichayotgan suyuqlik miqdorini ko’paytiring. Ammo muzdek suv ichmang.
  • Kuniga 2, hech bo’lmaganda 1 marotaba iliq suvda chayining.
  • Tanaga yopishmaydigan, tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiying. Teri “nafas” olishi lozim.
  • Uy sharoitida marmarak va qora qayin damlamasi bilan vanna qabul qiling. Bu damlamalar ter ajralish irmoqchalarini toraytiradi.
  • Shu bilan birga, ko’proq yalangoyoq yurish va har kuni konstrast (sovuq-issiq suv bilan) dush qabul qilish ham foydali.

Plastik jarroh Abror ShERMATOV tavsiyalari asosida Madina ZARIF tayyorladi.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>