Rasmga yaxshilab qarang…
Sizningcha ushbu qulupnaylar qizil rangdami yoki yo’q ?……
Internetda so’nggi paytlarda mashxur bo’layotgan yengi optik illyuziya katta muhokamalarga sabab bo’lmoqda.
Yaponiyalik psiholog Akioni Kitaoko ushbu illyuziya muallifiga aylandi. U Twitter orqali tartaletka ustida turgan qulupnaylarni omma e’tiboriga havola etdi.
Rasmga qaragan kishi qulupnay qizil rangda ekanligini ko’rishi mumkin. Aslida esa su’ratda umuman qizil rangli piksel yo’q.
Oftolmologlarning fikricha, inson miyasida dunyoni qabul qilish evolyutsiyasi rivojlangan. U miyamiz qanday qabul qilishni istasa, shunday qabul qiladi.
Demak, qulupnayni ko’rgan zahotimiz, uni qizil rang dep miyamiz qabul qiladi. Natijada rasmdagi meva ham qizil bo’lib ko’rinadi.