Garderob uchun eng kerakli 12 buyum
Moda bir zumda o’zgaradi, ammo garderob sizga uzoq yillar davomida xizmat qilishi kerak. Shu bois liboslar tanlashda har qanday vaziyatda qo’l keluvchi va klassik uslubga hos buyumlarga ko’proq e’tibor bering.
1. Jinsi. Latofat – hamisha urfda ekanligi yodingizdan ko’tarilmasin. Jinsi buyumlar qanday marka va narxda ekanligidan qat’iy nazar, uzoq yillik qadrdoningizga aylanadi.
2. Neytral rangdagi tufli. Kiyishga hech qanday poyabzal topilmagan onlarda neytral rangdagi tufli sizni murakkab vaziyatdan xalos etadi. Uning ortiqcha bezaklarsiz bo’lishiga e’tibor bering.
3. Kulrang tolstovka. Kulrang tolstovka jinsi liboslar bilan ham, A-siluetli ofis yubkasi bilan ham noodatiy tarzda uyg’unlasha oladi.
4. Kalta ko’ylak. Oddiy bichimga ega kalta ko’ylakni baland poshnali tufli bilan birga kechki bazmlar, kardigan va qulay uchrashuvlar uchun kiyish mumkin.
5. Pidjak. Erkaklar kiyimini yodga soluvchi pidjak har qanday qomat sohibasiga jiddiy ko’rinish bera oladi.
6. Futbolka. Pata matosidan tayyorlangan oddiy futbolka turli liboslar bilan kiyish uchun mo’ljallangan. Uning qora, oq va kulrang tusda bo’lishi esa har qanday vaziyatda sizga qo’l kelishi mumkin.
7. Plash. Plash-makintosh salqin kunlar uchun eng mukammal yechim!
8. Krossovka. Ta’til va sayr chog’ida garderobingizning bir chetidan joy olgan krossovka (yoki keda) joningizga oro kirishi aniq.
9. Yorqin rangli sumka. Sumka shaklini tanlash o’zingizga havola. Ammo uning yorqin rangi kundalik garderobingizga yangilik olib kiradi.
10. Etik. Etikni sovuq kunlarda leggins, jinsi va ko’ylaklar bilan kiyish qulaylik hamda zamonaviylikni ta’minlaydi.
11. Yo’l-yo’l futbolka. Bu turdagi futbolka bejizga Koko Shanelning eng sevimli liboslari qatorida bo’lmagan. Uning erkin siluetli bo’lishi qulay harakatlanishga yordam beradi.
12. Qora ko’zoynak. Yozning jazirama kunlarida quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak taqishni unutmang.