Maftunkor bo’lishni istaysizmi? Yulduzlar tajribasini o’rganing

maftunkor8463965

Mashhur san’atkorlarning suratiga qarab, yuzi, bo’yni-yu badanining silliqligi, sog’lom qiyofasiga havasimiz keladi.

ASTOR (Astor), Avon (Eyvon), L’Oreal Paris (L’Oreal Group) brendlariga sodiq sanamlar esa eng oddiy haqiqatni tan olib bo’lishgan. Bu haqiqat go’zallik, eng avvalo, tabiiylikda ekanini yana bir bor isbotlamoqda.

Tabiiy ne’matlardan pardoz vositasi sifatida foydalanish tajribasi aslida Misr malikasi Kleopatradan keyin ommalashdi. Masalan, u yoshlikka xos maftunkorlikni saqlash uchun asal va aloe kukunidan tayyorlangan suyuq qorishmadan haftasiga uch marta foydalangan. Asal va aloe kukunini suvda eritib, bir muddat kumush idishga solib qo’yishgan. Tayyor aralashmaga yana ozroq asal qo’shib, yuzga surtilgan.

Endi zamonamizga qaytaylik.Maftunkor foto 1

Yosh ko’rinishning 5 usuli

Ayshvariya Ray, aktrisa: 30 yoshdan keyin ayollarda qarish alomatlari paydo bo’la boshlaydi. Ammo biz — ayollar go’zalligimizni yo’qotishni aslo istamaymiz. Ishonavering, men tavsiya qilmoqchi bo’lgan usullar yordamida 10-15 yoshga yosharasiz.

Yosh o’tgani sari lab bo’yoqlaringiz yorqin bo’lishiga e’tibor bering. Jilosiz va jigarrang bo’yoqlardan aslo foydalanmang.
35 yoshdan keyin kremsimon yumshoq tarkibli rumyana va ten (ko’z bo’yog’i) ishlating. Kukun shaklidagi ten va rumyanalar sochilib, yuz burmalarida yig’ilib qolishi mumkin.

Yuqoriga egiltirilgan kipriklar navqiron nigoh ko’rinishini beradi. Tush qo’ygandan so’ng uning quriganiga ishonch hosil qilgach, maxsus qisqich bilan kipriklarni qayirsa ham bo’ladi.

30 yoshdan keyin qoshlarni zo’r berib teravermaslik kerak. Chunki endi ular juda sekin o’sa boshlaydi. Qomatingizni tik tuting. Ko’krakni ichga tortib yurish sizni 10 yilga “qaritib” qo’yishini unutmang.

Maftunkor foto 3

  • O’simlik yog’i — eng ajoyib pardoz vositasi?!

Kayli Minoug, xonanda: O’simlik yog’lari bilan «do’stlashsangiz», kutilmagan natijalarga erishishingiz mumkin.
Zaytun yog’i ko’z atrofidagi ajinlarni tekislashda yaxshi samara beradi. 2 osh qoshiq zaytun yog’iga 1 osh qoshiq asal va yarimta tuxum sarig’i qo’shing. Tayyor aralashmani yuzga surtib, 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuving.

Kunjut yog’i sellyulit va terining cho’zilgan qismlarini yo’qotishda asqotadi. Namlantiruvchi kremga kunjut yog’ini qo’shib, ertalab va kechqurun surtish kerak. Samarasi tezda ayon bo’ladi.

Makkajo’xori yog’i terini taranglashtiruvchi va namlantiruvchi xususiyatga ega. Uning alohida o’zini pardoz suti (molochko) o’rnida yoki cho’milishda qo’llash mumkin. Bundan tashqari uni suli yormasi, asalli yoki tuxum sarig’idan tayyorlangan qo’lbola niqoblarga ham qo’shsa bo’ladi.

Maftunkor foto 2

  • Pahlavonlar bo’tqasi yordamida…

Anjelina Joli, aktrisa:— Suli yormasi faqat nonushta taomnomasining bir qismi emas, u husnga husn qo’shish xususiyatiga ham ega. Men suli yormasidan tayyorlanadigan sevimli niqoblarim retseptini bo’lishmoqchiman.

  • Makiyajga tayyorlanish oldidan ishlatiladigan niqob

2 osh qoshiq olma yoki bodring qirindisiga ozroq sut qo’shib, 10-15 minut suv hammomida ushlaysiz. Keyin suli yormasini qo’shib, smetana quyuqligiga kelgunicha aralashtiring. Yuzga surtilgach, 15 daqiqa ushlanadi.

  • Ajinlarga qarshi

Yarim stakan qaynagan suvga 1 osh qoshiq apelsin sharbati, tuyilgan suli yormasini qo’shib, bo’tqa tayyorlang. Yuzingizga surtib, 10 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuving. So’ng yog’sizroq krem surting.

  • “Gerkules” niqobi

Bu niqob yuz terisining barcha turlariga to’g’ri keladi. 1 osh qoshiq suli yormasiga 1 osh qoshiq aloe sharbati va 2 osh qoshiq sut qo’shing. Aralashmani biroz qizdirib, tozalangan yuz va bo’yinga surting. 20 daqiqa o’tgach, xona haroratidagi suv bilan yuzingizni yuvishinigz mumkin.

Allergiyaga moyil xamda terisi nozik ayollar kosmetolog bilan maslaxatlashishni unutmang!

Читайте также

sochuchun777952003

Soch sog’lom bo’lsin desangiz.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, jahon bo’yicha ayollarning to’qson foizi sochlari siyrakligini yashirishga urinishar ekan. Ammo shunisi ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>