Muslima ayol — Siz bu dunyoda yashang, lekin dunyo sizni ichingizda yashamasin. Chunki qayiq daryoning ustida mustahkam suzadi. Aksincha, daryoning ichiga kirsa cho’kadi.
- Lablaringiz maftunkor bo’lishini istasangiz, shirinso’z va rostgo’y bo’ling.
- Ko’zlarim chiroyli bo’lsin desangiz, ezgulikka boqing .
- Qomatingiz raso bo’lishi uchun taomingizdan
mushtoqlarga ulashing. - Sochlaringiz jozibador bo’lishini istasangiz, kuniga bir bora go’dakning qo’lchalari ularni silashiga imkon bering.
- Qat’iyatli yurish uchun yolg’iz emasligingizga o’zingizni ishontiring, Allohga tavakkul
qilishni o’rganing. - Inson hamisha dalda, kechirish, rag’bat va mehrga ehtiyoj sezadi. Hech qachon hech kimni «tashlab yubormang», «e’tiborsiz qoldirmang.»
- Agar sizga yordam qo’li kerak bo’lsa, u hamisha siz bilan – o’z qo’lingiz. Bir qo’lingiz o’zingizga, ikkinchisi boshqalarga yordam berish uchun ekanini unutmang.
- Ayol go’zalligi libos, qomat yoki soch turmagida emas, balki qalblarda aks etadi. Aynan
qalb – Allohning nazargohidir. - Chinakam go’zallik suratda emas, siyratda namoyon bo’ladi.
- Ayol go’zalligi Allohga itoat va umr yo’ldoshining rizoligida!
Загрузка...