Nogiron qiz taqdiri

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (2 kishi baholadi, o'rtacha: 5.00 (5 dan))
Загрузка...

Nogiron qiz foto

(Bo‘lgan voqea asosida bitildi).

Bu hikoya ehtimol kimlargadir erish tuyular, ammo netaykim, yozmaslikni iloji bo‘lmadi. Miyamda charx urib kompyuter qarshisiga o‘tqazib qo‘ydi. Bunday voqealar boshqa ro‘y bermasin deya Egamga iltijo qilaman.

Qurbon akaning uch farzandi bor. Kattasi Sherzod 19 yoshda bo‘lib, singillari Gulnora 16 yosh, Salima 13 yoshda edi. Sherzod novvoylik qilardi. Gulnora esa nogiron edi boyaqish. Oydek qizining axvoli ota-onaning bag‘rini ezar, ammo uning o‘tirgan o‘rnida ham guldek xunar o‘rganishi biroz tasalli berardi. Uning chizgan rasmini ko‘rgan odamning havasi kelar, rasmdagi tog‘larga, bog‘larga ruxi uchardi go‘yo. Eng quvonarlisi, Gulnora shunday chiroyli nimchalar, jemfer va paypoqchalar to‘qirdiki ko‘rib yoqa ushlaysiz. Bu “ishlar” bozorga borib sotilmasdi, qo‘shnilardan ortmas, xatto buyurtmalar berib turishardi.

Qo‘li gul Gulnoraning husni jamoli ham oydek edi. Hamma havas qilardi-yu, ammo umrtqa tufayli yurolmas qizligini o‘ylab achinishardi. Tengi chiqsin deb duo qilishardi. Gulnora xech kimga dardini bildirmas, Allohga shukrona aytib, aravachasini salqin joyga g‘ildiratib kelardida, o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lardi. Uning xirgoyi qilayotganini eshitish uchun asta quloq solsangiz shunday so‘zlar guvoxi bo‘lardingiz:

  • Ey Egam roziman beribsan
  • Qulingga shundayin bir qismat
  • Aytursan ehtimol sog‘larga
  • Ey bandam, ko‘zing och bu ibrat!..

Qurbon aka adirda dehqonchilik qilardi. Ish ko‘payganda ayoli bilan ertalab tugunga non-choyini tugib ketishgan-cha, shomda qaytishardi. Shunday kunlarning birida Sherzod singlisi yopgan nonlarini olish uchun uyga kelsa Salima maktabga ketgan ekan.

Akaning – aka deganiyam nomus qilasan – niyati buzildi. Uyda xech kim yo‘q, singilning esa qarshilik qilishga kuchi yetmadi. Salima maktabdan kelganda, izlar yopilgan, opasi deraza qarshisida – aravachada piq-piq yig‘lab o‘tirardi.

Opa, nega yig‘layabsan, mana men keldim asalim. Biron joying og‘riyabdimi, 13 yoshli singlisining onalarcha mehribonligidan badtar ko‘ngli buzildi. Salima voqeadan bexabar, opam yana og‘rib qoldi degan xayolda ming aylanib parvona bo‘la boshladi.

Yig‘lamagin Guli… istaysanmi ashula aytib raqs tushib beraman. Yoki kitob o‘qib beraymi, shirinim? Eh, bu manzaraga guvoh bo‘lish qanchalar og‘ir! Biri jonimni olsa-yu, ikkinchisi yuragini tutsa-ya, ey Allohi-i-im! Qismat ham shunchalar bo‘lurmi netay Endi qay mozorga jismimni eltay.

Yo Rabbim kechikma ol omonating Bunday razolatga qandayin chiday! Gulnoraning jismi nogiron esada, g‘ururi, or-nomusi sog‘ edi. Ertasiga singlisiga bo‘lgan voqeani xammasini aytib xat yozdi. Xat shunday so‘zlar bilan boshlandi: “Salimajonim asal singlim! Bu xatni yozmasam ham bo‘lardi, lekin sening gulday jismingga it tegishidan xavotirdaman. Nafsiga bir musht urolmagan nomard bilan bir qorindan talashib tushganim alam! O‘zimning mexribonim, shirinso‘zim, dardkashim men endi chidolmayman…”

Salima Maktabdan kelib to‘g‘ri opasining xonasiga yuzlandi:

– Opajonim men keldim, zerikmadingmi? – polda uzala tushib yotgan opasini ko‘rib yugurib boshini qo‘llariga tutdi. Ko‘zlari yumuq, badani sovub, barmoqlari changak bo‘lib qotib qolgandi. Shundagina sholchaning anchagina qismi qondan xalqob bo‘lganini, opasining bilagi kesilganini ko‘rdi. Ko‘z yoshlari qarog‘iga xiyonat qilib, duvva yuzlariga yog‘ilarkan, bor ovozda dod soldi:

-Yordam beringlar! Kim bo-o-o-o-r! Nima qilib qo‘yding opa-a-a-a… Xotima o‘rnida shuni aytishim mumkinki, Sherzod (e’tibor bering “akasi” demayabman) xozirda tegishli moddalar bilan qamoq jazosiga hukm qilindi. Xozirda u qamoqdagi ZEK okalari davrasida “O’Z VAZIFASINI” bajarib yurgan bo‘lsa ajabmas!

Nogironlar kursisiga mixlangancha
O‘tirardi oy yuzli xur opa butkul,
Opasining dardlariga baxolicha
Ko‘maklashar edi yolg‘iz dildosh singil…

Aka edi shaytoniy bir maxluq dayus,
Nogiron qiz nomusiga tegdi xayvon.
Akasidan toptalgan qiz bo‘lib mayus
O‘z joniga qasd qildi-yu, bo‘ldi qurbon.

Yotar edi u gul yanoq cho‘kib qonga
Dog‘da qolgan singil bo‘zlab Xudojonga
Dedi: “Ey Xudojon, nima uchun? Nega-a-a?..
Allohim gunoxkor bandalaringni o‘zing kechir!”.

Загрузка...

Читайте также

farzand2424990018

Oddiy insonlarning ota-ona bo’lishlaridan avvalgi va keyingi xolatlari (22 foto).

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ota-ona baxtiga sazovor bo’lishlaridan oldingi va keyingi xolatlari haqida fotolari bilan bo’lishishdi. ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>