O’zbekligini yo’qotmagan qiz.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (5 kishi baholadi, o'rtacha: 3.80 (5 dan))
Загрузка...

O'zbekona qizKatta oliygoh hovlisida o’qishning birinchi kuni. Bir oddiygina kiyingan qiz bir guruh qizlar davrasidan sal nariroqdagi o’rindiqqa o’tirdi. Shunda qo’shni o’rindiqda o’tirgan to’rtta «zamonaviy» kiyingan qizlardan biri: Hoy, sen ham shu yerda o’qiysanmi, dedi. Samimiy qiz tabassum bilan. Ha shu yerga kirdim, sizlar ham shu yerda o’qiysizlarmi dedi. -Ha, shu yerda o’qiymiz.

O’zi sen o’qishni bilasanmi, dedi va barchasi kulib yuborishdi samimiy qizning kiyim boshiga qarab. Chunki samimiy va oddiy qizning kiyim boshi zamonaviy emas, balki oddiygina milliy ko’ylak edi. Qimmatbaho bo’lmasa ham o’ziga juda yarashgan edi. Qiz bu to’rtta krutoykalarning gapiga javob bermasdan inndamaygina o’rnidan turib ketdi. Xullas, ular taqdir taqqozasi bilan bir fakultetda, boz ustiga bitta guruhda o’qiy boshlashdi.

Krutoy qizlar ustidan kulgan samimiy qiz tez fursatda guruhning eng a’lochi qizlaridan bo’ldi, uning hammaga e’tiborli tarafi ijodkorligida edi. Uning ijodi va jamiyat ishlarida faolligi barchaga, shu o’rinda ana to’rtta krutoyka qizlarga ham havas edi. Ammo samimiy qiz kiyinish va muomalasini o’zgartirmay, atlasu adras, bahor onlarida do’ppilar bilan kelardi. Kunlaru oylar o’tib, bu samimiy qiz «Zulfiya» davlat mukofotini qo’lga kiritdi va ushbu mukofotni olar paytda ham atlasu do’ppilarda bo’lib quyidagi to’rt misra she’rni aytdi: Men to abad yuraklardan joy olgan o’sha, Zulfiyaning buguni va erta iziman. Zamonlardan ortda deya boqmang sira ham, Men O’rismas, fransuzmas, O’zbek qiziman…

Gulduros qarsaklar ostida sahnadan tushib kelayotgan samimiy qizga to’rtta qahramon qizlar dasta gul ko’tarib ko’zlarida yosh ila uzr va kechirim so’rab, qilgan ishlaridan ming pushaymon bo’ldilar.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

One comment

  1. Ajoyib qoyil manga judayam yoqti hikoyangiz! Manam “Zulfiya mukofoti”ga harakat qilgan edim. Ijodizga omad.

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>