Oilada er xotin munosabatlari.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 3.00 (5 dan))
Загрузка...

Er Xotin foto

Bir kishining xotini eri sevgan ayolning oldiga boribdi.

– Sen shu qurumsoq va ichi qora erimdan nima topding. Nega u seni sevdi-yu, nahotki, sen mening erimni sevgan bo’lsang?!

- Eringga tuhmat qilayapsan, debdi bu ayol, sening ering eng saxiy va dono hamda qo’rqmas inson deb hisoblayman. Eringni haqiqiy erkak desa bo’ladi. Har bayramda eng nafis sovg’ani men qabul qilaman, har kuni holimdan xabar oladi, dunyodagi eng omadli ayol aslida sensan.

– Nohaqlik! Men erimni taniganimdan buyon gul nima-yu, sovg’a nima degan narsani bilmayman. Oyligini menga bermaydi. Ro’zg’or ham qilmaydi. Biz ikkita erkak haqida gaplashayotgandekmiz go’yo.

– Men sizni xurmat qilganim uchun eringiz bilan ko’p suhbat qurmayman. Shunchalik ko’p o’qigan inson sizning eringiz. U bilan gaplashish maroqli. Vaqt qanday o’tib ketganligini bilmay qolaman.

– Men tog’dan kelsam, u bog’dan keladi. Ish kutib turganida u maroqli suhbat qurarmish. Uyni ta’mirlash uchun ham o’zim og’ir yuk ko’tarib kelaman. Xotinim kech qoldi-yu deb xavotirlansa-da bu erkak degani!

– Xuddi biz ikkita inson haqida gapirayotgandekmiz. Menga umuman og’ir yuk ko’tarmagin deb cheklov qo’yganlar. Shunchalar meni o’z himoyasiga olganlarki, men bu baxtdan boshim aylanadi. Bu insonning o’z xotiniga havasim keladi derdim. Chunki, menga shuncha qilsalar, sizni osmonga ko’tararkan deb rashkim kelardi. Endi sizning gaplaringizni eshitib xayron bo’lib qoldim, opa.

Aslida bu ikki ayol xam o’zlaricha xaq. Biriga ximoyachi va mard kerak edi. Biriga esa aybdor, noshud kerak edi.

Qissadan xissa shuki, ayol eridan nimani kutsa, niyat qilsa shu narsa bo’larkan.

  • Erini abgor qiladigan ayolning noto’g’ri fikrlari: Xotin o’z eri xaqida qanday fikrda bo’lsa, boshqalar xam shu fikrga borishadi.
  • Xotin o’z erini xurmat qilmasa, uni boshqalar xam izzat qilishmaydi.
  • Xotin o’z eriga ishonmasa, bu erkakka xech kim ishonmaydi.
  • Agar ayol o’z eridan norozi bo’lsa, ko’ngli to’lmasa, oilaviy munosabat xam xuddi shunday bo’ladi.
    Dasturxon barakasi xam shu kabi bo’larkan. Sotib olingan uy jixozlari xam ko’ngilga yoqmaydiganini sotib olisharkan.
  • Xotin shu eridan boshqa yaxshirog’iga teksam bo’lardi, deb afsus cheksa, erkak xiyonat ko’chasiga kirarkan.
  • Xotin erini yaxshi ko’rmasa, erkak aroqni, norkotikni yaxshi ko’rishni boshlarkan.
  • Ayoldan kayf topmasa, alkogol safosiga qadam qo’yarkan.
  • Erkakning o’z do’stlari bo’lmasa, bolalarcha kompyuterga qaramliq internetga qaramlik yo’liga kirarkan erkak.
Загрузка...

Читайте также

hindliboslari0234024014

Moda olamida go’zal hind liboslari va uzun ko’ylaklar.

Hindiston go’zal va sirli mamlakatdir! Hind filmlari esa yoshu-qarini qalbini rom etib ulgurgan. Barchamiz o’sha ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>