Zarur masalliqlar:
- 500 gr. olxo’ri,
- 360 ml. sut,
- 60 grammdan shakar va un,
- 4 dona tuxum,
- vanilin,
- qand upasi.
Tayyorlanishi:
- Olxo’ri mevalarini danagidan ajratib, yarim aylana shaklda to’g’rang-da, pirog qolipiga terib chiqing.
- Tuxumni ko’pirtirib, sut qo’shing-da, ko’pirtirishda davom eting. Shakar, un va vanilin solib, yaxshilab aralashtiring. Aralashmani olxo’ri mevasi ustidan quying. 160 darajada qizdirilga gaz pechida 50 daqiqada pishadi. Pishgach, yuziga qand upasi sepasiz.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 10 daqiqa, 6 kishiga yetadi.
Yoqimli ishtaha.
Загрузка...