Omad, boylik yoki sevgi – qay birini tanlaysiz?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (3 kishi baholadi, o'rtacha: 4.33 (5 dan))
Загрузка...

Omad, baxt, boylik

Bir ayol tong sahar ko’cha eshigini ochar ekan hovlisi yaqinida o’tirgan oq soqollik 3 kishiga ko’z tashladi. Ayol dedi: “Sizlarni kim ekanligiz menga qorong’u biroq ko’rinishingizdan uzoq yo’l yurib, judayam charchab, och qolganga o’xshaysizlar, qani uyga marhamat qilingizlar”.

– “Eringiz uydami?” so’radi ular.

– “Yo’q, bugun uning ish kunligi sababli uyda yo’qlar”, dedi ayol.

– “Unday bo’lsa biz ichkariga qadam bosolmaymiz”, deb javob berdi ular.

Kechga yaqin ayolning eri uyga keldi. Ayol bugun qanday voqea bo’lganini eriga aytgach “Borib ularga ayt mening uyda ekanligim va ichkariga qabul qil” dedi er. Ayol darvoza eshigini ochib ularni ichkariga taklif qildi. “Biz hammamiz bir vaqtning o’zida ichkariga kirolmaymiz,” dedi ular.

«Nima uchun?» deb so’radi hayratda qolgan ayol. Ularning ichidan katta yoshlik chol, o’ng tomondagi yo’ldoshini ko’rsata uning ismi “Boylik” dedi va chap tomoniga nazar sola “Uning ismi Omad” va meniki esa “Sevgi“. Endi esa borib qaysi birimizga kirish nasib qilishligini ering bilan gaplash,”, deya javob berdi. Ayol ichkariga yugurib kirib barchasini tushuntirdi. Eri ancha o’ylangach “Agar bu ularning yagona yo’li bo’lsa, demak nimaga Boylikni uyimizga taklif qilavermaymiz, uni ichkariga taklif qilib uyimizni ham boylikga to’ldiraylik” dedi er.

Ayol eriga qarshilik bildirdi “Azizam, omadni taklif qilsakchi.” Shunda ayvonda poylab turgan kichkina qizi sakrab kelib “Sevgini taklif qilsakchi? Uyimiz ham sevgi bilan go’yo porlab turganday bo’ladi” dedi qizcha.

“Mayli qizimizning ham gapi yerda qolmasin, hovliga chiqib Sevgini ichkariga taklif qil. Bizning aziz mehmonimiz bo’lsin,” dedi er ayoliga ko’z tashlab. Ayol darvozani ochib 3 cholga nazar solib “Qaysi biringiz Sevgisiz? Iltimos ichkariga qadam bosib bizning mehmonimiz bo’ling” dedi ayol. Sevgi o’rnidan turib ichkariga yura boshladi. Orqasidan 2 yo’ldoshi ham uning ketidan kuzatib ichkariga qadam bosdi.

Ayol hayron qolgach Boylik va Omaddan so’radi “Men faqatgina Sevgini ichkariga taklif qildim, nima sababdan sizlar ham tashrif buyurmoqdasizlar?”.

Shunda Sevgi ikki yo’ldoshiga nazar solarkan “Agarda sen Boylikni yoki Omadni taklif qilganingda, qolgan ikkimiz tashqarida qolgan bo’lardik, biroq sen Sevgini tanlading. Men qayerga borsam bularning ikkovi ham men bilan doimo birgadur. Qayerda sevgi bo’lsa u yerda albatta omad va boylik bo’ladi.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>