Omad kulganda omad qushini uchirgan inson.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 3.00 (5 dan))
Загрузка...

Foto: Omad

Bir odamning uch orzusi bor ekan. U katta maoshli ishni, go’zal turmush o’rtog’i bo’lishini va olamga mashhur bo’lib tanilishni xohlar ekan. Kunlarning birida o’sha odam taniqli firmaga ishga kirish uchun otlanibdi. Yo’lda ketayotganida uning oldida bir qariya yiqilib tushibdi. Agar unga qo’l cho’zsam qabulga kechga qolaman, bu bir piyonista bo’lsa kerak deb hayolidan o’tkazibdi va qariyaga yordam bermabdi. Ammo u baribir ishga qabul qilinmabdi chunki suhbatdan o’ta olmabdi.

Kunlarning yana birida ko’chada sayr qilib yursa, ko’cha artistlari ajoyib tomosha ko’rsatayotgan ekanlar. U mazza qilib tomoshani ko’ribdi. Atrofdagi odamlar artistlarni olqishlashibdi. U bo’lsa yo’lida davom eta boshlabdi. Shunda uning yoniga kampir qiyofasidagi aktrisa yugurib kelib, tomosha haqidagi fikrini so’rabdi. Haligi odam kampirdan jirkanib unga indamasdan ketib qolibdi.

Bir kuni yomg’irli kunda odamning ko’zi uning uyi oldidagi o’rindiqda yig’lab o’tirgan bir ayolga tushibdi. Ayol undan yordam so’rab, bir kechaga boshpana so’rabdi lekin odamni ayolga yordam bergisi kelmabdi va shoshilib issiqqina uyiga kirib ketibdi. Yillar o’tib o’sha odam bir umr ro’shnolik ko’rmay olamdan o’tibdi va u dunyoga borganida farishtaga hayotini nolib so’zlab beribdi.

“Esingdami -debdi farishta – Yiqilib tushgan bir qariya senga qo’lini cho’zgandi, o’sha qariya sen ishga joylashmoqchi bo’lgan firma boshlig’i edi. Aktrisa kampirni eslaysanmi, u aslida go’zal-yosh ayol edi. Seni bir ko’rishdayok yoqtirib qolgandi. Va nihoyat, eshiging yonida sendan boshpana so’ragan ayol yodingdami? O’sha ayol mashxur adiba edi, u o’sha kuni nihoyatda xasratlashmoqqa muxtoj edi. Sen unga yordam berganigda, shubhasiz sen xaqingda olamga doston yozardi, afsuski sen xech kimga yordam bermading. Agar xammalariga yordam qo’lingni cho’zganingda seni hamma orzularing amalga oshgan bo’lar edi va sen boy-peshqadam odam bo’larding. Seni go’zal ayoling, ajoyib oilang bo’lardi va sen mashhur inson bo’larding….”

XULOSA: Doim esingizda bo’lsin, baxtni-omadni ko’rinishi yashirin bo’ladi….

Cho‘kayotgan odam nola qilib, qichqiribdi:
— Ey Xo‘doyim, meni qutqar!
Yonidagi do‘sti debdi-ki;
— Qo‘llaringni ishga sol, shunda Xudo seni qutqaradi.

Tohir Malik.

Читайте также

Foto: Erning urug'i

Kelsa erning urug’i…

Jiyanining beshik to’yidan qaytgan qo’shnimning kayfiyati yo’qligini sezdim-u, sekin so’radim: Tinchlikmi? Ertalab rosa xursand edingiz-ku, ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>