Ko’pincha baland poshnali yoki noqulay oyoq kiyim sabab oyoqlarimiz qayrilib ketadi. Bunday holatda ba’zida qattiq jarohat olamiz. Natijada oyoqlarimiz shishib, yurishga qiynalamiz. Bunday paytlarda sho’r xamir yoki tuxum yordam berishini ko’pchilik biladi.
Ammo xonadonimizdan sira keti uzilmaydigan piyozning ham xuddi shunday xislati bor, desam, mubolag’a bo’lmaydi. Buning uchun 1 dona piyozni qirg’ichdan chiqarib, unga 1 choy qoshiq shakar aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan piyozli bo’tqani uch-to’rt qavat dokaga qo’yib, suv o’tkazmaydigan qog’oz bilan kechki payt uyquga yotishdan avval jarohat usti mahkam bog’lanadi. Keyin qalin paypoq kiyiladi yoki issiq mato o’raladi. Og’riqning darajasiga qarab, muolaja 2-3 kun davom etadi.