Psixologik test – gul va xarakter.

Psixologik test. Yoqtirgan gulingizga qarab, xarakteringizni bilib oling.

psixtest83824240

1. KAKTUS.

Bu gulni yoqtiruvchilar o’ta jiddiy va qattiqqo’l bo’ladilar. Yoqtirgan narsalariga tez erishishni xoxlashadi. Ular tekindan kelgan narsani yoqtirishmaydi. Hamma narsaga o’zlari mehnat qilib erishsam deyishadi. Sevgi bobida yaqin insoniga kamdan kam xolatlarda sevgi izhor qiladilar, garchi chindan sevsalar ham. Ularning kamchiligi ichimdagini top deganlar xilidan. Ichidagi his tuyg’ularini, tashqariga chiqara olishmaydi. Ulardan juda yaxshi do’st chiqadi. Ishxonada juda talabchan bo’lishadi. Oilada esa qattiqqo’llik bilan bir qatorda mehribon ham bo’ladilar…

psixtest83824241

2. QORA SHAXZODA

Bu gulni nozik tabiat, didli va farosatli va shu bilan bir qatorda zodagon xonimlar yoqtirishadi. Ular tabiatan judayam muloyim, xushmuomala bo’ladilar. Qora shaxzoda gulini sevuvchilar muxabbat bobida juda omadli bo’ladilar. Bir insonga qattiq bog’lanib qolishsa, umrlarini oxirigacha qalblarida saqlab yuradilar. Ularning yana bir xususiyati dushmanlariga ham kulib gapirishadi, garchi ichlarida yomon ko’rsalar ham. Shirin so’zli, muomalani juda ehtiyotkorlik bilan qiladigan bunday honimlar bilan suxbat davomida aslo zerikmaysiz. Kayfiyatingiz yo’q paytida suxbatlashsangiz, sizni osongina kuldirib, g’uborlaringizni tarqatib yuborishadi.

psixtest83824242

3. GERAN

Bu gulni xidi shirin bo’lmasa ham, chiroyli g’unchalari bilan insonlarni o’ziga jalb qila oladi. Geranni yoqtiruvchilar kirishimli insonlardir,  har qanday suxbatdosh bilan tez chiqishib keta oladi. O’ta gapga chechan va tez-tez fikrini o’gartirib turuvchilar toifasidandirlar. Bunday insonlarning sevgisi uzoqqa cho’zilmaydi. Tezda yana boshqasini yoqtirib qolishlari mumkin. To turmush qurib farzandli bo’lgunlaricha boshidan ancha ishqiy sarguzashtlar o’tadi.

psixtest83824243

4. FIALKA

Fialka gulini sevuvchi insonlar juda sabr bardoshli va chidamli insonlardir. Ular xayotda qancha qiynalsalar ham, atrofdagilarga buni sezdirishmaydi. Ichida mingta dardi bo’lsa ham, chetdan kuzatgan insonlarga baxtlidek tuyuladi. Ular yolg’iz qolishdan juda qo’rqishadi. Kimgadir suyanib, ishonib yashashni, uni himoya qilishlarini hohlashadi. Qalblari juda nozik. Ta’sirchanligi tufayli suxbat davomida bilmasdan xafa qilib qo’yishingiz mumkin. O’zlari esa kamdan kam xolatlarda birovni xafa qilishlari mumkin…

Читайте также

Pampers velosiped tayyorlash

Pampers velosiped tayyorlash.

Yangi navarali bo’lgan buvijonlarimiz quvonchlari ichlariga sig’masdan beshik to’yi uchun hozirlikni boshlab yuborishgan vaqtda hamma ...

One comment

  1. Ajoyib bunaqasini bilmagandim. Rahmat

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>