Qish faslida salomatlik go’zallikdan muhimroq!!!

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 5.00 (5 dan))
Загрузка...

Qish mavsumida ko’plab ayollarni, ayniqsa, qizlarni soch turmagi masalasi tashvishga soladi. Qalin bosh kiyimlari ostida turmakning saqlanishi qiyin. Lekin chiroyli ko’rinaman, deb salomatlikni garovga qo’yish ham yaxshi emas. Ba’zi ayollar esa qahraton qish kunlarida ham bosh kiyimsiz yuraveradi. Ammo sovuqda tavakkal qilmasdan, bosh kiyimi kiygan ma’qul. Turmak masalasida esa quyidagi tavsiyalarimizdan foydalanib ko’ring.

Sochingizni tarab, quloqlaringizni bekitib tushiring. Keyin esa bosh kiyimini kiying. Bu har qanday turdagi bosh kiyimiga mos keladi.

Qishda soch turmagi foto

Siyrak soch bosh kiyimi ostida biroz g’alatiroq ko’rinib qolishi mumkin. Shu bois siyrak soch sohibalari bu vaqtda sochlarini jingalak qilib yursalar chiroyli ko’rinadi.

Sochini rezinka yoki to’g’nog’ichga yig’ib oladiganlar turmak bosh kiyimining shaklini buzmayotganiga ishonch hosil qilsa, yaxshi bo’lardi.

Sochingiz kalta bo’lsa, uni bosh kiyimi ostiga yashirishga urinmang. Soch bosh kiyimidan chiqib tursa, obrazga nafislik baxsh etadi. Vosk shamolda uchib ketadigan sochni ushlab turishga yordam beradi.

Sochingizni turmaklashdan oldin ozgina voskdan foydalansangiz, turmak yanada yaxshiroq saqlanadi. Sochingiz uzun bo’lsa, uni orqaga tashlamang. Oldinga tarab olsangiz, chiroyliroq ko’rinadi. E’tibor ham bosh kiyimiga emas, balki sochga qaratiladi.

Загрузка...

Читайте также

kelinsalom8259295250010

Kelin Salom uchun eng zo’r liboslar to’plami.

Bizning o’zbek xalqining yana bir go’zal urf-odatlaridan biri to’ydan keyingi kelin salom hisoblanadi. Yangi kelinchaklarimiz ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>