Assalomu alaykum mexri daryo, zaboni shirin, yuzlari nurli, iymoni baquvvat kadrli, dilga yaqin qizlar. Sizlarga bugun juda muhim ma’lumotim bor. Olimlarning aytishicha har kuni dushda cho’milish zararli ekan.
Yuqumli kasalliklar bo’yicha mutaxassislar har kuni dushda cho’milishdan qaytarmoqda. Haftada bir yoki ikki marta dushda cho’milish yetarli, deydi tibbiyotchilar. Olimlarning fikricha, har kuni badanni bakteriologik jihatdan tozalash shart emas. Dush ter hidini ketkazadi, ammo organizmni infektsiyalardan himoya qilmaydi.
Eng yaxshisi qo’lni yuvish, dushga kirishning hojati yo’q. Bundan tashqari, issiq dush va ko’pik terini qurituvchi ta’sirga ega. Terida yuzaga kelgan yoriqlarga zararli bakteriyalar tushish xavfi mavjud. Olimlar butun badanni emas, terlagan joyning o’zinigina yuvishni tavsiya etmoqda.