Aziz qizlar va ayollar, ayyor yoki ayyormasligingizni bilib olish uchun quyidagi savollarga «Ha» va «Yo’q» deya javob bering.
- Suhbatdoshigizga yoqimsiz, qo’pol gap aytishdan oldin o’ylab ko’rasizmi? (ha-0, yo’q-1)
- Ishxonaga, o’qishga kech qolganingizda buni xech kim bilib qolmasligi uchun sekin sezdirmay kirib borasizmi? (ha-1, yo’q-0)
- O’zingiz biror ishni bajarishdan xayiqmoqdasiz. Xo’sh, aynan shu ishni do’stingiz amalga oshirini so’ralosizmi? (ha-1, yo’q-0)
- Stol ustida o’ynaladigan o’yinlarda xaqqoniy yutqazgandan ko’ra g’irrom o’ynab yutishni afzal ko’rasizmi? (ha-0, yo’q-1)
- Agar kim bilandir hazillashmoqchi bo’lsangiz, suhbatdoshingiz buni darrov sezadimi? (ha-1, yo’q-0 )
- Maktab davrida partadoshingiz daftaridan unga bildirmay ko’chira olarmidingiz? (ha-1, yo’q-0)
- Har doim ham o’zingiz istagan narsaga erishish yo’lini topasizmi? (ha-1, yo’q-0)
- Hech kim sezmaydigan darajada ayyorlik qila olasizmi? (ha-1, yo’q-0)
Qizlar, endi esa har bir savolga berilgan bahoni qo’shib chiqing.
Javoblar.
- 6 balldan ko’p: Qizlar siz shunchaki ayyor emas, haqiqiy tulkisiz. Siz erisholmaydigan narsaning o’zi yo’q. Lekin buning salbiy tomoni ham bor. Ayyorligingiz yaqinlarigizga bo’lgan munosabatda samimiylikni yopib ketadi.
- 3–6 ball: Siz so’zsiz donosiz, sizni hech kim alday olmaydi. Shu o’rinda o’zingiz ham yolg’on so’zlashni xush ko’rmaysiz. Bu yaxshi, ochiqlik odamlarni yaqinlashtiradi.
- 3 baldan kam. Afsuski siz juda soddasiz, sizni aldash ham juda oson. Sodda va ishonuvchanligingizdan atrofingizdagilar doim foydalanadilar. Ba’zan ustingizdan kulishlariga ham qo’yib berasiz.
Dadilroq bo’ling.
Загрузка...