Qizlar uchun rasm tushish qoidalari

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Telefoningizda rasmlarni ko’zdan kechirib, tushgan rasmlardan ko’nglingiz to’lmay qoladi? O’z rasmlaringizni foto qayta ishlovchi ilovalardan foydalanmasdan ijtimoiy tarmoqlarga yuklashdan qo’rqasizmi? Unday bo’lsa ushbu maqola sizga yordam beradi. Bugun biz sizlarga rasmga tushishda eng ko’p qo’yiladigan xatolar haqida gapirib o’tamiz.

Qizlar rasm tushganda yo’l qo’yiladigan xatolar.

1. Bo’yinni qattiq tutish.

Qizlar rasm tushayotganda bo’yningiz va yelkangizni maksimal darajata bo’sh tuting, tabiylik yo’qolmasligi kerak. Siz bo’yin qismingizni qattiq tutib olsangiz o’zingiz bilmagan holda kichraytirib qo’ygan bo’lasiz va bu rasmda juda yomon ko’rinadi. Boshingizni yuqoriga ko’tarib yelkangizni pastga tushiring, siz bu harakat bilan bo’yin uzunligiga erishasiz.

Rasm tushish 1

2. Simmetrik holat.

Hech qachon simmetrik holatda rasmga tushmang. Qachonki oyoqlar yelka kengligi holatida, qo’llar esa tekis holatda pastga tushirilgan bo’lsa, bunday rasmlarga tabiylik etishmasligi va zerikarli chiqishi aniq. Ko’proq xilma-xillik va egiluvchan holatlarda sur’atga tushing, oyoqlardan birini sal eging. Bunday holatda sizning qomadingiz chiziladi va chiroyli chiqadi.

Qizlar rasmi 2

3. Hunuk burchakli holat.

Hunuk, qaltis va burchakli holatlardan o’zingizni tiying. Bunday holatlar oyoq-qo’llarinigizni ko’tarib ko’proq egib yuborsangiz vujudga keladi. Bir oyog’ingizni sal cho’zib, oyoq barmoqlarida ko’tariling, bu holat ayniqsa past poshnali oyoq kiyimlarda rasmga tushganda juda zarur.

Rasm uz 3

4. Noto’g’ri oyoqlar joylashuvi.

Oyoqlar joylashuvini nazorat qiling, ular kadrda butunlay ko’rinishi kerak. Oyoqning bir qismi ikkinchi oyoq soyasida qolmasligi zarur, chunki rasmda bir oyog’i yo’qdek ko’rinib qolishingiz mumkin. Yengilgina burilgan holda sur’atga tushing. Ishonavering qizlar rasm juda yoqimli chiqadi.

Foto qizlar 4

5. Noto’g’ri qo’l joylashuvi.

Qo’llaringizni orqaga bekitmang, qo’llaringizdan biri orqangizga o’tib qolsa u rasmda xuddi yo’qdek ko’rinadi. Ushbu xatolikni takrorlamang. Nozik barmoqlaringizni pastga qaratgan holatda belingizga qo’ysangiz juda chiroyli rasm chiqadi. Qo’llaringizni ikki tarafga o’ynatib, keng yoygan holda sur’atga tushmang, chunki kadrga sig’may qolishingiz mumkin. Qo’llaringizni tanangizga yaqin tuting, yoki qo’llaringizni yoyib tushmoqchi bo’lsangiz albatta sur’atkashdan maslahat so’rang, u siz va kamera o’rtasidagi masofani to’g’irlab olishi kerak bo’ladi.

Uzbek qizlar rasm 5

6. Belingizning keng ko’rinishi.

Qizlar – rasm uchun noto’g’ri tanlanga holat belingizni keng ko’rsatib qo’yishi mumkin, hattoki xipcha bel sohibasi bo’lsangiz ham, beli kengroq qizlarni aytmasa ham bo’laveradi. Ushbu xatoni to’g’irlash uchun qo’lingizni belga qo’ying, barmoqlaringiz esa bir-biriga yaqin bo’lgan holatda rasmga tushish tavsiya etiladi. Stulga o’tirgan holda rasmga tushmoqchi bo’lsangiz qo’llaringizni oyog’ingiz ustiga qo’yib oling.

Rasmga tushish san'ati 5

Bizning maqolamiz sizga foyda beradi degan umiddamiz. Sizda o’z talab va takliflaringiz bo’lsa komment yozib qoldiring.

Загрузка...

Читайте также

Homilador ayol foto

Homiladorlik davrida buyrak kasalliklari – og’rig’i, tosh tushganda, shamollashi.

Homiladorlikdagi buyrak xurujlari. Birinchi farzandimga homiladorlik vaqtim ma’yus yurganimni ko’rgan shifokorning dakki bergani hech yodimdan ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>