1) 100 gramm asal yig’ish uchun asalari 46 ming kilometr masofani uchib o’tadi. Bu butun er sharini ekvator bo’ylab kezib chiqish bilan tengdir.
2) Kapalaklar ta’mni oyoqlari orqali his qilishadi.
3) Toshbaqalar dumi orqali ham nafas olishi mumkin ekan.
4) Eng tez uchadigan hasharot ninachi hisoblanadi. Uning harakati tezligi soatiga 57 km.
5) Dunyodagi eng yirik kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm ga etishi bois ko’rganlar uni qush deb o’ylaydi.
6) Sariq o’rmon chumolilari daraxtlarga ziyon etkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha o’rmonni zararkunandalardan himoya qiladi.
7) Qunduzlar uxlaganlarida oqim olib ketmasligi uchun bir-birining qo’llarini ushlab olishadi.
Atrof-olam sir-sinoatlarga boy. Ularni o’rganishga inson umri yetmaydi. Lekin samimiy tabiat tuhfalaridan bohabar bo’lish yoqimli, kayfiyatni ko’taradi.