Qizlarga maslahat turkumidan.

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (1 kishi baholadi, o'rtacha: 5.00 (5 dan))
Загрузка...

Foto: O'zbek qizlari

Maydagap ayol kurakda turmaydigan vaj-bahonalar bilan erkakning kayfiyatini tinim bermay buzaversa, «Siz meni hech sevmadingiz-sevmadingiz! Uni olib bermadingiz, buni olib bermadingiz!» yoki «Falonchining eri u qildi! Pismadonchining eri esa bunga erishdi!» yoxud «O, Gospodi! Duram vsegda vezyot! Mening peshanamga qanday noshud er bitgan o’zi!» – kabi jonga tegadigan nolishlari ila Xudoning bergan kuni asabga tegib, ming’irlayversa, chindan ham, kun o’tib bir kun pichoq borib suyakka qadaladi va oxir-oqibat erkakning ichi muzlab, qalbida na sevgi, na muhabbatdan asar qoladi.

Unda qolsa, otasiz o’smasligi uchun o’z farzandi haqi, zig’irday bardosh qoladi xolos. Pirovardida nihoyatda qaltis holat, ya’ni erkakka ilonday sovuq, bemehr ayol bilan o’lgan kunidan yashashdan boshqa chora qolmaydigan xavfli vaziyat qaror topadi.

Agar ayol shunda ham har gapida zahar tomadigan tilini tiymas, badhazm fe’l-atvorini idora qila olmas ekan, hayotida qaytmas-tuzalmas hodisa ro’y beradi: u yo kundoshli bo’ladi, yo umuman ersiz qoladi. Ma’lumki, eri tashlab ketgan bunday ayolning sohibi shayton bo’ladi.

Ayol kishining iliq mehri-yu, chin muhabbatiga ehtiyojmand erkak esa anavi badbaxt xotin ustiga olinadigan bo’lajak kundoshning ko’ziga tez ko’rinib qoladi.

Shunday ekan, xulosani o’zingiz chiqarib olarsiz, qadrli qizlar

Читайте также

Ayolni rom etish

Ayol qalbini zabt etish uchun

Mutafakkir Blonskaya, “Ayol hech bir aqlsiz erkakni aqlli qila olmaydi, ammo eng aqlli erkakning aqlu ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>