Rashk balosi va oqibatlari (bo’lgan voqea)

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Vaxshiy ona

Yulduzsiz tundagi vaxshiylik (yoxud o’z bolasini yoqib yuborgan ona haqida).

Mana Nargiza va Muxiddinning to’ylari bo’lganiga bir yil bo’lib, o’gilli bo’lishdi. O’gliga Xumoyun deb ism qo’ydilar. Ular bir birlarini sevib, sevilib, o’ldim-kuydimu ox-voxlar bilan turmush qurishgandi. Sevishganlar o’rtasidagi katta dushman bu rashk. Xa rashk bular o’rtasida ham o’z kuchini ko’rsatardi. To’yi bo’lganidan so’ng ham yangi kelin kuyovlar it mushuk bo’lib, janjallashishardi. Hech vaqt o’tmay esa yana Layli Majnunga aylanishardi. Xatto bir kuni Nargiza Muxiddinning ishxonasiga xam do’ppaygan qorni bilan janjal ko’tarib borgandi. Shunda boshlig’i avval oilangni tartibga sol, keyin ish deya Muxiddinni ishdan bo’shatib yubordi. Nima emish ishda ko’p qolib ketayapsiz, birortasi bordirki ko’p qolyapsiz emish.

Mana o’gilli bo’lib bosilib qolar deya kattalar insofga chaqirishdi. Ammo janjallari ko’paysa ko’paydiki ammo kamaymadi. Va nixoyat Nargiza qo’rqqan narsa sodir bo’ldi, Muxiddin xiyonat qildi. Bo’rining og’zi yesa ham, yemasa ham baribir qon ekanda. Yurmay shuncha xaqorat eshitgandan, yurib eshitganim ma’qul! deb javob berdi Nargizaga. Bo’ldi janjal, bo’ldi to’palon, xatto chaqalokni ham tashlab, o’sha ayolning uyigacha borib to’palon qilib kelishgacha bordi. Oxiri bo’lmadi kattalar ajrashinglar deb aytishdi. Ammo o’rtada bola bor, Muxiddin o’glini o’zi bilan olib qolmoqchi bo’ldi, lekin Nargiza rozilik bermadi. Aytishicha qachondir yalinib borarkan.

O’glimni ko’rgani borasan-ku xali, oyog’imga yotib yalinmasang otimni boshqa qo’yaman! deb baqirdi
Xa u o’glini ko’rsatmadi, ammo o’zi ham o’glining yuziga ham qaramasdi. Xayolida faqat xiyonatkor eridan qanday qilib qasos olish edi xalos. Goh ishxonasiga borib janjal qilib qaytar, goh kim bilan gaplashdi
deb eshitgan bo’lsa o’sha qizning maxallasiga borib janjal ko’tarib kelardi. Ammo bir tun…..
Xa o’sha tun osmonda yulduzlar ham yo’q edi. Xatto oy xam yuzini ko’rsatmadi. Balki yulduzlar shu tun yer yuzida bulajak vaxshiylikni sezgandir, ko’rib hech narsa qilolmay yig’lashini payqagandir balki. Xa shu tun yer yuzida vaxshiylik sodir bo’ldi.

Nargiza erini qamatish maqsadida o’z jigarini, yuragining parchasini, hali endigina olti oylik chaqalog’ini og’zini skochladi. Qo’l-oyog’ini ham skochlab molxonaga, somonlar orasiga ko’mib tashladi. Mittigina farishtaga bu azoblar kammidi, ammo bu ayol shu bilan qoniqmadi. Molxonaga o’t qo’yib yubordi. Yer yuzida vaxshiylar tomonidan yana bir vaxshiylik sodir bo’ldi….

Molxona lovillab yondi, bu azoblarga chidolmagan go’dak xatto baqirib yig’lolmadi ham.

Faqatgina farishtalar….

– Chida yana ozroq chida jajjiginam seni jannatlarga olib ketaman, hamma-hammasini unutasan. Jajjiginam yana ozroq chidagin! Hozir seni uzoq-uzoqlarga olib ketaman, bu dunyoning vaxshiyliklariga ming la’nat! deya ko’z yosh to’kardi.

Xaloyiq olovni o’chirishga kirishdi, ammo endi kech edi.
Farishtalar mitti go’dakni osmonlarga, jannatlarga quchganicha olib ketgandi…
Tong otdi Nargiza ko’zida bir tomchi yosh ham yo’q, xamon o’ch olishni o’ylardi. Militsiya xodimlariga erim o’glimni o’girlab ketdi deya arz qilib bordi. Militsiya xodimlari Muxiddinni qamoqqa olishdi, ammo u nima bo’lganini bilmasdi. Faqat bir so’zni, o’glini soginganini, uni xamon ko’rmaganini aytardi xalos.

Tergov surishtiruv ishlari boshlanib ketdi…
Qo’ni qo’shnilarning gaplaridan asoslanib Nargizaning uyida tintuv o’tkazishdi va… Og’ilxonadan ko’mirdek qorayib qolgan chaqaloqni topishdi. Tekshirib bilishdiki bu mitti farishta, dunyolarga kelib ona deb so’zlolmay ketgan jajjigina farishta, o’z onasi qo’lida uvol bo’lgan Xumoyunjon edi. Bu qismatga xatto butun xaloyik, eru osmon xam yig’lashdi…

Joxil vaxshiy ona o’n olti yilga qamaldi ammo u qamoqdan chiqar lekin mitti farishtani xayotini kim qaytarib beradi……

Xayot beshavqat deymiz, ammo xayot emas insonlar emasmi asl shavqatsiz!

Загрузка...

Читайте также

Jinsi shim

Liboslar tanlashda eng muhim 12 qoida

Garderob uchun eng kerakli 12 buyum Moda bir zumda o’zgaradi, ammo garderob sizga uzoq yillar ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>