Rashk qilasanmi?

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Rashk foto

Rashk hayotingizni zaharlamasin! Erini yaqinlaridan qizg’anadigan ayollarga bag’ishlanadi…

Ayol rashki shunday tizginsiz daryoki, ba’zida uning qaysi o’zan bo’ylab oqishini yoki qachon o’zanidan toshib ketishini bilmaysan. O’g’lini kelinidan yoki kelinini o’g’lidan qizg’anadigan ayollar haqida ko’p  eshitganmiz. Ammo ba’zida bu aqlni kuydiruvchi tuyg’u ta’sirida  erini opa yoki singlisidan, ikki  yashar jiyanidan, va hatto, o’z farzandlaridan-da rashk qiladiganlar uchrab turarkan. Bugun ana shu g’ayritabiiy rashk haqida gaplashamiz.

O’ylab topilgan ayolga rashk.

Erim bittasini topvoganga o’xshaydi. Ishdan kech qaytadi, menga shirin gapirmay qo’ydi, kechalari teskari qarab yotadi, qo’ng’iroq qilsam, nuqul telefoni band bo’ladi… Xullas,  yuragim sezyapti, orada boshqa ayol bor. Bo’lmasa nega unday qiladi? Sababini so’rasam, aytmaydi. Boshqa ayol haqidagi gumonlarimga avval kuldi, so’ng o’zini oqlay boshladi. Ana, aybi bo’lmasa, nega o’zini oqlaydi?

Zarifa, 23 yosh. Haqiqat: Umuman olganda, ayol rashki ko’proq tuyg’ular,  ehtiroslar ta’sirida  yuzaga kelgani uchun, unga biron ma’nili ta’rif yoki izoh topish mushkul. Ko’pincha bu rashk o’rinsiz gumonlardan  yuzaga keladi. Ayol birdaniga erining nega teskari qarab uxlab yotgani haqida o’ylay boshlaydi. O’zicha buning sabablarini izlaydi. Ishdan charchab kelgandir yoki  yangi shampunimning hidi yoqmayotgandir, demaydi hech qachon. Albatta sababni tashqaridan qidiradi. Allaqanday noma’lum ayol-raqiba haqida avval gumon paydo bo’ladi, keyin bu gumonga ishoniladi va u «haqiqat» deb atala boshlaydi. Erkak sho’rlik o’zini oqlashga ming urinmasin, befoyda. Ayollarga o’zini oqlayotgan erkaklar yoqadi. Bunda ayol o’zining ustunligini his qiladi, erini tobora uzoqroq aybdor qiyofasida ko’rgisi keladi va siquvni avjiga oldiradi. Lekin, unutmang, aziz ayollar, pufakni puflayversang, paq etib yorilganidek, erkakning ham sabr kosasi to’ladi bir kun. Hadeb aybsiz aybdor bo’lib qolaverishdan charchaydi va «Bor-ey, ishonmasang, ishonma» deb sizni qo’rqinchli gumonlaringiz bilan yolg’iz qoldirib, ko’chaga ketadi-qoladi. Hatto ba’zilar «bo’rining esa ham, emasa ham og’zi qon ekan», deya  shuncha ezganlaringiz alamiga ham birovni topib olishi ham mumkin. Erkakni asossiz gumonlar bilan yomon yo’lga boshlagan o’zingiz bo’lib chiqasiz. Shuning uchun bu yo’lga yurmaganingiz ma’qul.

Rashk foto 2

Oiladagi boshqa ayollarga rashk.

Erim va uning singlisi ota-onasidan erta yetim qolishgan.  Shu sababli o’zaro juda yaqin. Erim har kuni singlisidan hol-ahvol so’raydi, turli mavzularda maslahatlashadi. Men bilan telefonda ikki og’izgina gaplashadi, singlisi bilan esa soatlab suhbatlashishi mumkin. Nazarimda, uning hayotida singlisi mendan ko’ra ko’proq joyni,  yanada aniqrog’i, men egallashim kerak bo’lgan joyni band etib turgandek.

Manzura, 27 yosh. Haqiqat: Tashqaridan qaragan odam bu izhorni bema’nilik deyishi turgan gap. Axir, singil – bu qondosh jigar. Unga nisbatan muhabbat umr yo’ldoshiga nisbatan muhabbatdan tubdan farq qiladi. U erda umuman boshqa tuyg’ular bor. Lekin buni rashk aqlini o’g’irlagan ayolga tushuntirib ko’ring-chi. Buning ikki davosi bor. Birinchisi – vaqt. Ayrim ayollar vaqt o’tishi bilan bu kasallikdan sog’ayadilar. Ikkinchisi – tushuntirish. Erkak eplasa, ayoliga uni o’ziga xos muhabbat bilan yaxshi ko’rishini, hayotida singlisi va rafiqasining o’rni alohida-alohida ekanini, bu ikki o’rin uning uchun birdek muhimligini tushuntira oladi. Ayol gap uqmasa, o’ziga yomon. Lekin shunday uddaburon ayollar borki qaynsinglisi (qaynonasi, ovsini, ba’zida, hatto, kundoshi) bilan yaqin dugona bo’lib olib, uning eriga ta’siridan o’zi uchun foydalana biladi. Buning uchun aql kerak. O’ta aqlli, ya’ni dono ayollar esa hech qachon erlarini rashk qilmaydilar.

Yosh boladan rashk.

Yangi kelinligimda erim meni shirin so’zlar bilan ko’p erkalardi. Albatta, hech kim eshitmaydigan joyda va vaqtda. Bir kuni u menga yotog’imizda aytgan erkalovchi so’zlarni ikki yashar jiyanchasiga ham aytib, erkalayotganini eshitib qoldim. Yomon alam qilib ketdi. Demak, men yagona emas ekanman-da. Uning mendan boshqa yana «joni», «asali», «shirini», «shakari» bor  kan…

Nargiza, 21 yosh. Haqiqat: Ke-e-eetdi bu yog’i. Bu rashk mashinasi bir ishga tushmasin. Hamma yerni yanchib, o’zi ko’zlagan manzilga tomon bostirib boraveradi. Bo’lmasa, ikki yashar bolaga nisbatan rashkni sog’lom aql bilan izohlab bo’ladimi? Ammo ruhshunoslar nuqtai nazaridan qarasak, ayol erini emas, uning hayotidagi o’z o’rnini qizg’anyapti. Yangi kelin ekan, demak hali bu oilani ham, erini ham yaxshi bilmaydi. Bo’lmasa o’ziga va yosh go’dakka nisbatan aytilgan «jonim»ning tamomila boshqa-boshqa narsa ekanini anglagan bo’lardi. Vaqt o’tishi bilan anglar ham. Ammo anglamaydiganlari ham bor. Men erini o’z farzandiga, ayniqsa, qizlariga rashk qiladigan ayollarni eshitganman. Bu nima? Ahmoqlikmi? o’zini boshqara olmaslikmi? Bilmadim. Lekin esi bor ayol o’zini yosh bola bilan bir qatorga qo’ymaydi. U bilan raqobatlashmaydi ham. Faqat erining muhabbatidan benasib rafiqa shunday qilishi mumkin. Tashxisni to’g’ri qo’yish, ayol nima uchun bunday qilayotgani sababini aniqlab olish kerak. har holda, bu g’ayritabiiy rashk, bemor odamning rashki. Uni vaqtida davolamasangiz, farzandlarga yomon ta’sir qiladi, bolaning erkak va ayol, eru xotin, ota va bola, ona va bola munosabatlari to’g’risidagi qarashlarini ostin-ustin qilib, ruhi tiga salbiy ta’sir o’tkazadi.

Rashk foto 2

Xulosa.

Ayollar mantig’i o’ziga xos. Ikki ayol suhbatidan: «Voy, bilasanmi, bugun tushimda «Kobal’t» sotib olganmishman». «Rostanmi? Demak, albatta sotib olasan!» Buni eshitib turgan erkak lol qoladi: qayoqdan keldi bu «demak» va «albatta»? Tushda ko’rsa, o’ngida amalga oshaveradimi? Buni erkakning metin mantig’i qabul qilolmaydi. To’g’ri, shunday bo’ladiki, ayol voqealarning baxtli zanjiri sabab rostan ham o’zi istagan avtomobilga ega bo’lishi mumkin. Lekin erkak uchun bu tasodifdan boshqa narsa  mas. Unga hammasini joyida asoslab berishingiz kerak. Xuddi shunday, erkaklar ayollarning rashkini tushunmaydilar. Ba’zida shunday bo’ladiki, umuman, ayollarning o’zi ham tushunmaydilar buni. Bugun ana shunday asossiz, mantiqsiz, ma’nisiz, ammo juda kuchli rashk haqida gaplashdik. Xulosa dono ayollarimizning o’ziga havola.

Читайте также

Sevib qoldim

Arazingiz ochilmaydi nechun, erkam?

Sevib qoldingizmi? Go’zallingizning nozu-karashmalaridan mast bo’lib muhabbat osmonida uchib yuribsiz-a? Ehtiyot bo’ling, yaxshi yigit, osmoningizdan ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>