Sevgi bu jannat

1 Yomon2 Qoniqarli3 Yaxshi4 Zo'r5 Qiziqarli va Foydali (Hozircha baholanmadi)
Загрузка...

Sevgi foto.Kambag’al bir kishi bo’lgan ekan. Bir kuni uning uzunsoch xotini tarog’i sinib qolganidan nolib, eridan yangi taroq olib berishini iltimos qilibdi. Chuqur nafasdan keyin og’ir ux tortgan kambag’al xotiniga zo’rg’a “imkonim yo’q”, deb javob qaytaribdi. U xotiniga ayni payt bir chaqasiz qolgani, xattoki uning uchun juda zarur, yaqindagina ishdan chiqqan soatini tuzatishga xam puli yo’qligini aytibdi.

Keyingi kun soat tuzatish do’koni oldidan o’tayotib, to’xtab qolibdi. Buzilgan soatini xasis soatsozga arzimagan narxda pullab, o’rniga xotiniga yog’och taroq sotib olibdi. Ishdan qaytgach, xotiniga taroqni berishga oshiqibdi. Qarasa, xotinining uzun sochi qisqarib qolgan ekan. Taroqni olgach, xotini erining qo’liga yangi soat taqib qo’yibdi. Ma’lum bo’lishicha, unga soat olish uchun rafiqasi uzun sochini sotib yuboribdi. Er-xotin bir-biriga tikilgancha ko’zlarida yosh aylanibdi.

Kimnidir sevish, bu – nimadir, sevilish esa – bir nima, ammo sevganing tomonidan sevilishing – xamma narsa va u fidoyilikka sabab bo’ladi. Imkoningiz bor ekan, bir-biringizni avaylang.

Читайте также

Foto: Erning urug'i

Kelsa erning urug’i…

Jiyanining beshik to’yidan qaytgan qo’shnimning kayfiyati yo’qligini sezdim-u, sekin so’radim: Tinchlikmi? Ertalab rosa xursand edingiz-ku, ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>