Bugungi kunda tana a’zolarini xina naqshlari bilan bezatish urfga aylanib bormoqda, ushbu anana Hindiston, Sharqiy va Shimoliy Afrikada ming yillardan beri bor. Hind ayollari xinani “mendi” yoki “mexendi” deb nomlashadi bizda esa “xina” deyishadi.
Nazokatli xina naqshlari bizda faqat qo’l barmoqlariga yoki bilakga surtiladi (hech qachon yuzga surtilmaydi). Uni nafaqat go’zal bo’lish uchun balki ko’pgina bayramlarda ham surtiladi, misol uchun: to’ylarda, hayit-bayramlarida baxt keltiruvchi va har xil yomon ko’zlardan saqlash uchun ham surtiladi. Xina naqshi ikki hafta o’z shaklini yo’qotmaydi.
Keling biz sizlarga Sharqona xina chizish va xina naqshlari bilan tanishtirib o’tamiz.