Soch sog’lom bo’lsin desangiz.

Soch salomatligi

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, jahon bo’yicha ayollarning to’qson foizi sochlari siyrakligini yashirishga urinishar ekan. Ammo shunisi ham haqiqatki, stilistlar muammoni bartaraf etishning kamida beshta oddiy usuli mavjudligini ta’kidlaydilar. Ularga rioya qilsangiz, bas, ko’nglingizdagidek soch turmagi hosil bo’ladi.

Soch quritishning ham qoidasi bor

Soch ildiziga hajm beruvchi maxsus spreydan sepib, so’ng quritish siyrak sochni “qalin”lashtiradi. Biroq bunda sochni oxirigacha quritib yubormay, avval taraladi. So’ng alohida tutamlarni dumaloq taroqqa o’rab, yana quritishda davom etiladi.

Jingalak soch turmagi

Jingalak soch turmagi

Ushbu soch turmagi yani sochni jingalaklash ham unga ancha hajm beradi. Buning uchun nam sochga muss, ya’ni kimyoviy ko’pikdan surtib, bigudiga o’rab quritish kerak. So’ng bigudini yechib, sochni o’zingiz istagan shaklga keltirasiz va lak bilan “qotirasiz”. Bunday usul kalta va o’rta uzunlikdagi sochlarga mos keladi.

Lesenka soch turmagi

Bo’g’ot-bo’g’ot (lesenka) shakldaga soch turmagi

Garchi, tabiat sizni qalin soch bilan siylamagan bo’lsa-da, turmakni to’g’ri tanlash yo’li bilan bu muammoni bartaf etishingiz mumkin. Aslida, soch juda kalta yoki uzun bo’lgani uchun ham siyrak ko’rinadi. O’rta uzunlikdagi sochlarga yonoqning o’rta qismidan boshlangan bo’g’ot-bo’g’ot (lesenka) turmagi mos tushadi.

sochuchun777952003

Sochni oqartirish (melirovaniye)

Sartaroshlik san’ati mo”jizasi sanalmish bu usul ranglar o’yini orqali sochga hajm beradi.

Quruq shampun

Soch ildiziga maxsus quruq shampun bilan ishlov berish lozim. U sochdagi ortiqcha “yog’”larni sidirib oladi. So’ng biroz tarab, turmaklash mumkin.

Soch haqida 5 afsona

  • Shampunni tez-tez o’zgartirish lozim

Bu noto’g’ri fikr. Soch parvarishiga mo’ljallangan vositalarni tanlash o’zingizga to’g’ri keladigan soch turmagini tanlash kabi juda mas’uliyatli vazifa. Agar ularning o’zingizga mosini topib ulgurgan bo’lsangiz, o’zgartirishga aslo hojat yo’q. Tajribali mutaxassislar fikricha, soch miyadan farqli o’laroq, turli “brend”larni farqlay olmaydi va unda o’rganib qolish hissi mavjud bo’lmaydi.

  • Bir tola oq soch yulib olinsa, o’rniga uchta tola o’sib chiqadi

Bunga hazil deb ta’rif bergan bo’lardik. Biroq yodda saqlangki, oq sochlarni yulish ham to’g’ri emas. Zero, oq tolalar yil sayin ortib boradi va ularning barini yulish imkonsiz. Qolaversa, sochni yulish uning ildiziga zarar yetkazishi mumkin.

  • Qirqilgani sayin qalinroq bo’ladi va tezroq o’sa boshlaydi

Afsuski, bunday emas. Shunchaki soch kaltalanganida bir xil uzunlikda bo’lgani tufayli qalindek ko’rinadi. Aslida, har kimning sochi qalin yoki siyrak bo’lishi u tug’ilmasidan avval genetik jihatdan dasturlashtirilgan bo’ladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, soch tez-tez qirqilsa, yaxshiroq o’sishini tadqiqotchilar isbotlab berishgan. Masalan, kalta soch oyiga2 sm., uzuni esa (30 sm.dan uzun) bor-yo’g’i 1sm. ga o’sadi.

  • Sochlar jilo taratishi uchun har kuni boshni uqalash lozim

Bunga aniq javob berish mushkul. Chunki qazg’oq va bosh kasalliklarida uqalash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun bu mashg’ulotni trixolog va nevropatolog shifokor tavsiyasi bilan bajargan ma’qul. Sog’lom bosh terisi uchun esa haftasiga 1-2 marta uqalash muolajasi kifoya.

Ho'l sochlar

  • Ho’l sochni tarash uning to’kilishiga olib keladi

To’g’ri. Ba’zilar ho’l sochni yaxshilab tarashadi. Bilishmaydiki, bu soch to’kilishiga olib kelishi mumkin. Tajribali sartaroshlar sochni qo’l harakatlari bilan yengil silkitib quritishni tavsiya qilishadi. Shuningdek, ularning fikricha, deyarli qurigan sochni ehtiyotkorlik bilan katta tishli taroqda tarash maqsadga muvofiq.

Читайте также

Chiroyli qizlar rasmi

Chiroyli qizlar uchun oftobda toblanish haqida muhim ma’lumot.

Dunyoning ko’pgina o’lkalarida oftobda badanni qoraytirish oxirgi paytlarda urfga aylanib qoldi. Uni go’zallik vositasi deb ...

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *

Вы можете использовать это HTMLтеги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>