She’r – Sog’inch haqida.
Termulishar ortidan bugun,
Yuragida armonlar tugun.
Jonni berar bir nigox uchun,
Onasini soginganlar bor.
Yuragida yastanib armon,
Kungli yarim soginchi osmon.
Bokib turib falakka xar on,
Otasini soginganlar bor.
Xazon kabi yuzi sargayib,
Uksib-uksib kolgan ulgayib.
Eslab kuyaar xatto keksayib,
Onasini soginganlar bor.
Yikilganda izlagan suyanch,
Suratidan topadi yupanch.
Jigariga bulib bir tayanch,
Otasini soginganlar bor.
Yetimlikning nonidan totib,
Goxi isib gox sovuk kotib.
Yostigini bagriga bosib,
Onasini soginganlar bor.
Dustlariga xavasda karab,
Otasiga umirlar tilab.
Kuzin ochib goxi ertalab,
Otasini soginganlar bor.
Onasini soginganlar bor,
Otasini soginganlar bor.
Yillar utib ketgan bulsaxam,
Onasini soginganlar bor.
Otasini soginganlar bor.